Prezident Shavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuvda: —————————————— So‘nggi o‘n yilda mamlakatimizda 10 million aholiga xizmat ko‘rsatadigan yangi poliklinika va shifoxonalar ishga tushdi, 58 ming shifo o‘rni yaratildi. —————————————— Farmatsevtika tovarlarining 70 foizini ichki imkoniyatlar hisobidan qoplash maqsad qilingan. Shu bois, so‘nggi yillarda 1 milliard dollarlik 330 ta yangi quvvat ishga tushirildi. —————————————— 28 ta tumanda birlamchi tibbiy yordam sifatini oshirish bo‘yicha yangi tizim sinovdan o‘tkazildi. Ushbu tumanlarda 7 million aholi oilaviy shifokorlarga nomma-nom biriktirildi, ikki tomonning vazifa va majburiyatlari o‘zaro bitimda belgilandi. —————————————— Joriy yil ilk bor tuman bo‘g‘inidagi eng yaxshi shifokor va hamshira nominatsiyalari bo‘yicha viloyat tanlovlari o‘tkazilmoqda. G‘oliblar 30 million so‘mdan mukofotlanadi. —————————————— Bakalavriatni bitirgan hamshira va tibbiyot og‘asiga 1,5 million so‘m, magistraturani tugatganlarga 2,5 million so‘m qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Oilaviy shifokorlik bo‘yicha tor soha mutaxassisiga ustama 5,5 million so‘m bo‘ladi. —————————————— 2027-yildan oliygohlarda tor soha mutaxassisligi bo‘yicha o‘qish – rezidentura bepul bo‘lishini ma’lum qildi. Talabalarga 3 million so‘m stipendiya to‘lanadi. —————————————— Tibbiy xizmatlarni bosqichma-bosqich xususiy sektordan xarid qilishga o‘tiladi. Yangi autsorsing mexanizmlari joriy qilinadi. —————————————— Kelasi yildan 26 ta ixtisoslashgan markaz direktori bilan bir yillik kontrakt asosida ishlashga o‘tiladi. Har bir direktor sohaga yangilik kiritish, quyi bo‘g‘in xodimlari malakasini oshirish va ilmni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha aniq majburiyat oladi. —————————————— “Tibbiyot novatorlari” milliy hamjamiyati tashkil etildi. Mazkur platforma talabalar, yosh shifokorlar, olimlar, tajribali ustozlar va xorijdagi vatandoshlarni birlashtiradi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com