#Qonunchilikdagi_yangiliklar 🔉 Endi fuqarolar bir qator xizmatlardan foydalanishda hujjatlarning qogʻoz nusxasini taqdim etishlari shart emas ⭐️Adliya vazirligi hujjatlarning qogʻoz shakli oʻrniga elektron shaklini taqdim etishga oid idoraviy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqamlari 3958 va 3959, 2026-yil 20-oktyabr). 🍔 Mazkur hujjatlar bilan 33 ta idoraviy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Ular fuqarolar hujjatlarning elektron shaklini taqdim etishi va tegishli tashkilotlar ularni qabul qilishi imkoniyatini yaratadi. 🍔 Unga koʻra, biometrik pasport, ID-karta, tugʻilganlik va nikoh guvohnomalari, pensiya guvohnomasi, nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, urush qatnashchisi guvohnomasi yoki talabalik guvohnomasi kabi hujjatlarning qogʻoz shakli oʻrniga my.gov.uz va “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi elektron shaklidan foydalanish mumkin. 📁 Raqamli hujjatlar quyidagi holatlarda qabul qilinadi: 🗃 banklarda – bank xizmatlaridan foydalanishda va ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda shaxsni tasdiqlashda; 🗃 notarial idoralarda – tegishli notarial harakatlarni amalga oshirishda; 🗃 aeroportlarda – Oʻzbekiston ichidagi aviareyslarga roʻyxatdan oʻtishda; 🗃 urush qatnashchilariga kompensatsiya berishda; 🗃 telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatishda – abonent bilan xizmat shartnomasini tuzishda; 🗃 qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishda – donorning shaxsini tasdiqlashda; 🗃 lombardlar bilan shartnoma tuzishda; 🗃 tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmatlar koʻrsatishda; 🗃 fuqarolarni harbiy roʻyxatga olishda va boshqa bir qator xizmatlarni koʻrsatishda. 🔗 Maʼlumot uchun, Hukumat qaroriga (897-son, 27.12.2024-y.) muvofiq shaxsni tasdiqlovchi va boshqa bir qator hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etilgan. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com