⭐️“Qatar Open”: Katta leytenant Svetlana Saidova musobaqaning “Eng yaxshi ayol sportchisi” deb topildi Qatar poytaxti Dohada taekvondo (WT) bo‘yicha “Qatar Open” xalqaro turniri o‘tkazildi. Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ikkita oltin, bitta kumush va uchta bronza medalini qo‘lga kiritdi. E'tiborlisi, mazkur musobaqada ishtirok etgan Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchilari ham sovrinli o‘rinlarga ega chiqdi. Xususa,+73 kg vazn toifasida dayanga ko‘tarilgan, Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi katta leytenant Svetlana Saidova musobaqaning oltin medaliga ega chiqqan bo‘lsa, Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi Qurolli Kuchlar xizmatchisi Najmiddin Qosimxo‘jayev -73 kilogramm toifasida uchinchi o‘rinni egalladi va bronza medali bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, Svetlana Saidova turnirning “Eng yaxshi ayol sportchisi” deb topildi, o‘zbekistonlik qizlar jamoasi esa “Eng yaxshi ayollar jamoasi” nomini oldi. Umumjamoa hisobida o‘zbek taekvondochilari Tunis terma jamoasidan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. 🔗O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchilarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, kelgusi musobaqalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishishini tilab qoladi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com