#AichiNagoya2026 #ParaOsiyoO'yinlari 🔉Omadbek Xasanov — Para Osiyo o‘yinlarining kumush medali sohibi ⭐️Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida bo‘lib o‘tayotgan 2026-yilgi Para Osiyo o‘yinlarida para yengil atletika bo‘yicha bahslar davom etmoqda. Musobaqaning uzunlikka sakrash yo‘nalishida ishtirok etgan Mudofaa vazirligi sportchisi, Qurolli Kuchlar xizmatchisi Omadbek Xasanov yuqori natija qayd etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasida T47 klassi bo‘yicha o‘tkazilgan final bahsida hamyurtimiz 6,99 metr natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi va sovrindorlar safidan joy oldi. 🔗O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchilarimizni ushbu yutuq bilan tabriklab, kelgusi musobaqalarda omad yor bo‘lishini tilab qoladi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com