O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan: Botir Baxromovich Kudratxodjayev O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi. Bundan ilgariroq B.Kudratxodjayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi; Shuxrat Gayratdjanovich Xalmuxamedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com