⭐️Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bilan hamkorlikda “Jadidlar g‘oyalari — Yangi O‘zbekiston strategiyasi bilan hamohang” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ilmiy xodimlarining mavzuga oid ma’ruzasi tinglandi. Shuningdek, namoyish etilgan videoroliklar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Tadbir davomida jadid bobolarimizning ilm-ma’rifat, Vatanga sadoqat, milliy o‘zlikni anglash va yosh avlod tarbiyasiga oid ilg‘or g‘oyalari haqida fikr yuritildi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi harbiy xizmatchilarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosidan saboq olish hamda ularning ezgu g‘oyalarini bugungi hayotimiz bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com