#AichiNagoya2026 🔉 Barnoxon Sayfullayeva — Osiyo oʻyinlari chempioni! ⭐️Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Mudofaa vazirligi sportchisi, Qurolli Kuchlar xizmatchisi Barnoxon Sayfullayeva ham delegatsiyamizga oltin medal taqdim qildi. Balandlikka sakrash dasturida qatnashgan sportchimiz 1.90 metr bilan musobaqa chempionligini qoʻlga kiritdi! Faoliyatidagi eng yaxshi natijasini ko‘rsatgan Barnoxon balandlikka sakrashda O‘zbekiston atletlari qit'ada tengsiz ekanini yana bir bor isbotladi! 🔗O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchimizni ushbu yutuq bilan chin qalbdan muborakbod etadi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com