⭐️Fishingdan himoyalaning ✅Kiberjinoyatchilar ko‘pincha soxta xabar, havola, elektron pochta yoki veb-saytlar orqali foydalanuvchilarning maxfiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritishga urinadi. Bunday tahdidni aniqlash uchun yuboruvchi manzilini tekshirish, havolani bosishdan oldin uning manziliga e’tibor berish, noma’lum fayllarni ochmaslik va shubhali xabarlarni rasmiy manba orqali tasdiqlash muhim. ✅Shoshilinch talablar, noma’lum havolalar va maxfiy ma’lumot so‘ralishi — e’tibor talab qiladigan belgilar. ❗️Bunday vaziyatlarda aslo shoshilmang, xabarni tekshiring va maxfiy ma’lumotlaringizni begonalarga bermang! 🔗Bir daqiqalik e’tibor — katta yo‘qotishlarning oldini oladi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com