Mudofaa vazirligi rasmiy kanali ✔

@mudofaavazirligi · news · Uzbek · active

Subscribers 98K Subscribers, last 30 days: 92K → 93.8K +1K 24h
Reach per post (ERR) 17.2%16.9K avg views
Posting 20.3/day last 4 hours ago
Reactions per 1K views 5.9 👍 🔥 👏

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi munosabati bilan mamlakatning nufuzli nashrlari – “Chosun Ilbo”ning ingliz tilidagi platformasi “The Chosun Daily” hamda “The Korea Herald” gazetasida davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik” maqolasi chop etildi. Maqolada O‘zbekiston – Koreya do‘stligining tarixiy asoslari va yuksak ishonchga tayangan alohida strategik sheriklik istiqbollari yoritilgan. Mamlakatlarimiz nafaqat vaqt sinovidan o‘tgan hamkorlar, balki mushtarak qadriyatlar va insoniy rishtalar bog‘lab turgan yaqin do‘stlar ekani ta’kidlangan. Koreya Respublikasining bir avlod davomida farovon, yuqori texnologiyali davlatga aylanishdek hayratlanarli taraqqiyot yo‘li alohida qayd etilgan. Seulning modernizatsiya va innovatsiyalar borasidagi boy tajribasi Yangi O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda o‘zaro savdo 5 barobar oshdi, Koreya investitsiyalari 8 milliard dollardan ortdi. 700 dan ziyod qo‘shma korxona va loyiha mavjud, KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan dasturlar portfeli 3,5 milliard dollardan oshgan. Yangi bosqichdagi hamkorlik sun’iy intellekt, yarim o‘tkazgichlar, robototexnika, elektr transporti, biofarmatsevtika, “aqlli” qishloq xo‘jaligi va “aqlli shaharlar”ni qamrab oladi. “Hamkorligimizning yangi sahifasini ochishimiz – alohida sohalardagi muvaffaqiyatli aloqalardan umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirishga o‘tishimiz mumkin”, - deya ta’kidladi Prezidentimiz. Maqolada 16-sentabr kuni Seulda o‘tadigan ilk “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitiga alohida to‘xtalingan. Davlatimiz rahbari sammitda O‘zbekiston siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, amaliy hamkorlikni kengaytirish va sheriklikning yangi, samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surish niyatida ekanini ta’kidladi. Ushbu takliflar “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” formatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada tizimli, dinamik va uzoq muddatli mintaqaviy ustuvor vazifalarga yo‘naltirishga xizmat qiladi. “Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi tinchlik, innovatsiyalar, o‘zaro ishonch va umumiy farovonlikka asoslangan hamkorlikning yangi makonini shakllantira olishiga chin dildan ishonaman”, - deyiladi maqolada. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

Views over time

05K10K15K20K14 Sep 06:3614 Nov 02:1617.4K14 Sep 06:36: 0 views14 Nov 02:16: 17,400 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
14 Sep 2026, 06:360
14 Nov 2026, 02:1617.4K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.