💙💙💙❤️❤️❤️🔴🔴🔴💛💛💛 ⭐️Bugun, erta tongdan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida mazkur oliy harbiy taʼlim muassasasiga yangi qabul qilingan kursantlar Vatanga qasamyod qabul qildi. Tantanali tadbirlarda mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov, Mudofaa vazirligi Jamoatchilik kengashi a’zolari, harbiy xizmatchilar, ota-onalar ishtirok etib, kursantlarni ona Vatanni qoʻriqlash kabi sharafli kasbni egallash yoʻlidagi ilk qadamlari bilan qutladi. Kursantlar davlatimizning muqaddas ramzi boʻlgan bayroqni oʻpib, buyuk ajdodlarning pok ruhlari oldida, Vatani oldidagi burchini halol bajarishga bel bogʻlab, vijdoni, or-nomus va shaʼnini oʻrtaga qoʻyib, Oʻzbekiston Respublikasiga, xalqiga va Prezidentiga bir umr sodiq boʻlishga, har qanday mashaqqatli sinov va qiyinchiliklarda ham el-yurtining yuksak ishonchini oqlashga yaqinlari va keng jamoatchilik guvohligida tantanali ravishda ont ichdi. ➡️Yangiliklarni kuzatib boring: 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com