O‘zbekiston tarixidagi buyuk va shonli sana – Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi muborak bo‘lsin! Mustaqillik – xalqimizning eng buyuk qadriyati, milliy g‘ururi va davlat suverenitetining mustahkam poydevoridir. Bu yillar davomida yurtimiz siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda ulkan yutuqlarga erishib, xalqimizning tinch va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida salmoqli qadamlar tashlandi. Mudofaa vazirligi safida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar bugun ham Vatanimiz mustaqilligi, sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimiz osoyishtaligini himoya qilishda mardlik va sadoqat namunalarini ko‘rsatib kelmoqda. Shu qutlug‘ ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik va fayz-u baraka tilaymiz. Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz osmoni doimo musaffo bo‘lsin! O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ➡️Yangiliklarni kuzatib boring: 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com