🔉 Jahon sahnasida yana bir kumush! ⭐️Polshaning Poznan shahrida o‘tkazilayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan sportchilarimiz navbatdagi yuksak natijani qayd etdilar. Ayollar o‘rtasidagi 200 metr masofaga juftlik kanoe dasturida Shohsanam Sherzodova hamda Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi III darajali serjant Nilufar Zokirova marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelib, jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘lishdi! 🥈 Bu medal — matonat, fidoyilik va Vatanga bo‘lgan cheksiz sadoqatning yorqin ifodasi. Sportchilarimizning ushbu yutug‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik shonli bayramiga munosib tuhfa bo‘ldi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com