💖💖💖💙💙💙 🔉Tarixiy oltin medal — Mudofaa vazirligi sportchilaridan! ⭐️Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. Musobaqaning yengil vaznli juftliklar (LM2x) dasturida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari, Mudofaa vazirligi Sport markazi QK xizmatchilari Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev oltin medalni qo‘lga kiritib, jahon chempioni bo‘ldilar. Mazkur natija O‘zbekiston akademik eshkak eshish sporti tarixida kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi ilk oltin medal sifatida qayd etildi. Final bahsida kumush medal Germaniya, bronza medal esa AQSh vakillariga nasib etdi. 🔗Mudofaa vazirligi sportchilarimiz Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyevning ushbu muhim va tarixiy g‘alabasini Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa, deb biladi hamda ularni ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi musobaqalarda yangi zafarlar tilaydi! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com