Mudofaa vazirligi rasmiy kanali ✔

@mudofaavazirligi · news · Uzbek · active

Subscribers 98K Subscribers, last 30 days: 92K → 93.8K +1K 24h
Reach per post (ERR) 17.2%16.9K avg views
Posting 20.3/day last 7 hours ago
Reactions per 1K views 5.9 👍 🔥 👏
edited

#Qonunchilikdagi_yangiliklar 🔉 “Vatan tayanchi” otryadining aʼzosiga oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar beriladi ⭐️Adliya vazirligi “Vatan tayanchi” otryadining aʼzosiga, “Vatanparvarlar” va “Shijoat va gʻayrat” musobaqalarining respublika bosqichi gʻoliblariga oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3931, 2026-yil 26-avgust). 🔗Xususan, mazkur hujjatga ko‘ra: ➡️Tavsiyanoma quyidagi shaxslarga beriladi: 🗃 “Vatan tayanchi” harakatida faol ishtirok etgan hamda davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, Prezident maktablari, ijod maktablari, sport maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar, akademik litseylar va texnikumlarni aʼlo baholar bilan tamomlagan “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar aʼzosiga; 🗃“Jasorat maktabi”ni aʼlo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar aʼzosiga; 🗃 “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarining respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan jamoa a’zolariga; 🗃 mahalla yoshlari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Shijoat va gʻayrat” musobaqalarining respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan jamoa a’zolariga. 🔗Tavsiyanoma Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati tomonidan beriladi. ✅ Tavsiyanomaga ega boʻlgan shaxslarga oliy harbiy (harbiylashtirilgan) ta’lim muassasalari, shuningdek yuridik ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyoz sifatida test sinovlari yoki yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ball beriladi. 🔗Tavsiyanoma 3 yil mobaynida amal qiladi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

Views over time

010K20K30K27 Aug 11:5514 Nov 02:1623.2K27 Aug 11:55: 0 views14 Nov 02:16: 23,200 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
27 Aug 2026, 11:550
14 Nov 2026, 02:1623.2K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.