#Jasorat #Qahramonlar_Nomi_Barhayot ⭐️Serjant Oxunov Yunus Nosirovich 1979-yil 14-yanvar kuni Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi Sherobod qishlog‘ida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Yunusjon bolalik chog‘larida tumandagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi huzuridagi “Tong” maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalangan. 1985-1996-yillarda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi 19-umumta’lim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Shundan so‘ng Qo‘qon shahridagi kompyuter operatori kursida o‘qidi, kursni tamomlagandan so‘ng 1997-yil muddatli harbiy xizmatni o‘tagan. Harbiy xizmatda barchaga ibrat bo‘lganligi bois, harbiy xizmatni shartnoma asosida davom ettirgan. 2000-yil avgust oyida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida bo‘lgan jangovar harakatlarda ishtirok etib, qahramonlarcha halok bo‘lgan. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com