🇺🇿5-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Yaponiyaning Sojitz Corporation kompaniyasining Toshkentdagi vakolatxonasi bosh direktori Yasuhide Machida bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Tomonlar energetika, infratuzilma, sog‘liqni saqlash, tog‘-kon sanoati va sanoatning boshqa tarmoqlarida ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Yangi Toshkent xalqaro aeroporti, quvvati 1000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi, «Sirdaryo-2» issiqlik elektr stansiyasi va tibbiyot obyektlarini qurishga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Strategik ahamiyatga ega foydali qazilmalar va uran sanoati sohasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, jumladan, molibden, volfram va indiy yetkazib berish, shuningdek, Yaponiya texnologiyalari va hamkorlarini jalb etish masalalari ko‘rib chiqildi. 🟠Uchrashuv yakunida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish, ularning ijro mexanizmlari va muddatlarini aniqlashtirish, shuningdek, strategik hamkorlik bo‘yicha Yo‘l xaritasini yangilash yuzasidan keyingi qadamlar kelishib olindi. ____ 🇺🇿 5 ноября министр инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан Лазиз Кудратов провёл встречу с генеральным директором представительства японской компании Sojitz Corporation в Ташкенте Ясухидэ Мачидой. 🟠Стороны обсудили реализацию приоритетных инвестиционных проектов в энергетике, инфраструктуре, здравоохранении, горнодобывающей и других отраслях промышленности. Особое внимание уделено строительству нового международного аэропорта Ташкента, ветровой электростанции мощностью 1000 МВт, ТЭС «Сырдарья-2» и медицинских объектов. 🟠Рассмотрены перспективы расширения сотрудничества в сфере стратегически важных минералов и урановой промышленности, включая поставки молибдена, вольфрама и индия, а также привлечение японских технологий и партнёров. 🟠По итогам встречи согласованы дальнейшие шаги по ускорению реализации совместных проектов, уточнению механизмов и сроков их выполнения, а также обновлению Дорожной карты стратегического сотрудничества. ____ 🇺🇿On November 5, Minister of Investment, Industry and Trade of the Republic of Uzbekistan Laziz Kudratov held a meeting with Yasuhide Machida, General Director of the Tashkent Representative Office of the Japanese company Sojitz Corporation. 🟠The parties discussed the implementation of priority investment projects in energy, infrastructure, healthcare, mining and other industrial sectors. Particular attention was paid to the construction of the new Tashkent International Airport, a 1,000 MW wind power plant, the Syrdarya-2 thermal power plant and healthcare facilities. 🟠The prospects for expanding cooperation in the field of strategically important minerals and the uranium industry were reviewed, including supplies of molybdenum, tungsten and indium, as well as the involvement of Japanese technologies and partners. 🟠Following the meeting, the parties agreed on further steps to accelerate the implementation of joint projects, clarify implementation mechanisms and timelines, and update the Roadmap for Strategic Cooperation. ◽️Facebook ◽️Instagram ◽️LinkedIn ◽️X