🇺🇿28-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ibrohim Ergashev Toshkent shahridagi qator ishlab chiqarish obyektlariga tashrif buyurib, ularning faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar jarayoni va kelgusidagi rivojlanish rejalari bilan tanishdi. 🟠Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 55 ming kv. m maydonda amalga oshirilayotgan “CA-EXPORT&INTERNATIONAL TRADE CENTER” loyihasi doirasida savdo hajmini oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni eksport faoliyatiga jalb etish, ularning mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish hamda xorijiy xaridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari o‘rganildi. 🟠Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “CRAFERS” qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, Fors ko‘rfazi mamlakatlariga eksport hajmini oshirish, moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. ____ 🇺🇿 28 октября заместитель министра инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан Иброхим Эргашев посетил ряд производственных объектов Ташкента, ознакомился с их деятельностью, ходом реализации текущих проектов и планами дальнейшего развития. 🟠В рамках проекта «CA-EXPORT&INTERNATIONAL TRADE CENTER», реализуемого на площади 55 тыс. кв. м в Янгихаётском районе Ташкента, изучены возможности увеличения объёмов торговли, вовлечения отечественных производителей в экспортную деятельность, продвижения их продукции на внешние рынки и установления прямых контактов с зарубежными покупателями. 🟠На кондитерской фабрике CRAFERS в Мирзо-Улугбекском районе рассмотрены вопросы расширения производственных мощностей, наращивания экспорта в страны Персидского залива, повышения доступности финансовых ресурсов и совершенствования инженерно-коммуникационной инфраструктуры. ____ 🇺🇿On October 28, Deputy Minister of Investment, Industry and Trade of the Republic of Uzbekistan Ibrohim Ergashev visited several industrial facilities in Tashkent, reviewing their operations, progress on ongoing projects, and plans for further development. 🟠As part of the “CA-EXPORT&INTERNATIONAL TRADE CENTER” project, being developed on a 55,000-square-meter site in Tashkent’s Yangihayot district, opportunities were explored to increase trade volumes, engage domestic manufacturers in export activities, promote their products in foreign markets, and establish direct contacts with international buyers. 🟠At the CRAFERS confectionery factory in the Mirzo Ulugbek district, discussions focused on expanding production capacity, increasing exports to the Gulf countries, improving access to financial resources, and upgrading engineering and utility infrastructure. ◽️Facebook ◽️Instagram ◽️LinkedIn ◽️X