🇺🇿 23–24-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Ibrohim Ergashev Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, Urgut tumanidagi “Jartepa” erkin savdo zonasini tashkil etish jarayoni bilan tanishdi, shuningdek, eksportni rivojlantirish masalalari yuzasidan mas’ul shaxslar va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. 🟠Joyida savdo va logistika infratuzilmasini yaratish, bojxona nazoratini tashkil etish, kirish yo‘llarini qurish hamda Tojikiston bilan chegaradan o‘tish tartiblarini soddalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. 🟠Tojikiston Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi hamda Panjikent shahri ma’muriyati vakillari bilan videokonferensaloqa shaklida chegaraoldi savdosini tashkil etish shartlari va zonani ishga tushirish bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi. 🟠Shuningdek, hududning 50 nafardan ortiq eksportchisi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Logistika, bojxona tartib-taomillari, moliyalashtirish va sertifikatlashtirish masalalariga oid 30 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi. Ayrim masalalar joyida hal etildi. 🟠Tashrif yakunida “Jartepa” zonasini ishga tushirishni jadallashtirish, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish va eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ul ijrochilar, muddatlar hamda tegishli chora-tadbirlar belgilandi. ____ 🇺🇿 23–24 октября заместитель министра инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан Иброхим Эргашев посетил Самаркандскую область, где состоялось изучение хода создания свободной торговой зоны «Джартепа» в Ургутском районе, а также прошли встречи с ответственными лицами и предпринимателями по теме развития экспорта. 🟠На месте рассмотрены вопросы создания торговой и логистической инфраструктуры, организации таможенного контроля, строительства подъездных путей и упрощения пересечения границы с Таджикистаном. 🟠В формате видеоконференции с представителями Министерства экономического развития и торговли Таджикистана и администрации Пенджикента обсуждены условия приграничной торговли и дальнейшие шаги по запуску зоны. 🟠Также проведён открытый диалог с более чем 50 экспортёрами региона. Рассмотрено свыше 30 обращений по логистике, таможенным процедурам, финансированию и сертификации. Часть вопросов решена на месте. 🟠По итогам определены ответственные исполнители, сроки и меры по ускорению запуска «Джартепы», устранению барьеров и поддержке экспортной деятельности. ____ 🇺🇿 On October 23–24, Deputy Minister of Investment, Industry and Trade of the Republic of Uzbekistan Ibrohim Ergashev visited the Samarkand region to review progress on the establishment of the Jartepa Free Trade Zone in Urgut district and hold meetings with relevant officials and entrepreneurs on export development. 🟠During the visit, discussions focused on developing trade and logistics infrastructure, organizing customs control, constructing access roads, and simplifying border-crossing procedures with Tajikistan. 🟠A videoconference with representatives of Tajikistan’s Ministry of Economic Development and Trade and the Penjikent administration addressed conditions for cross-border trade and further steps toward launching the zone. 🟠An open dialogue was also held with more than 50 regional exporters. Over 30 issues and requests related to logistics, customs procedures, financing, and certification were reviewed, with some resolved on the spot. 🟠Following the visit, responsible officials, deadlines, and specific measures were identified to accelerate the launch of the Jartepa Free Trade Zone, eliminate existing barriers, and support export activities. ◽️Facebook ◽️Instagram ◽️LinkedIn ◽️X