🇺🇿 21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ibrohim Ergashev Koreya Respublikasining Xorijiy infratuzilma va shaharsozlikni rivojlantirish korporatsiyasi (KIND) delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Tomonlar qo‘shma investitsiya kompaniyasini tashkil etish, infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish, aeroportlarni modernizatsiya qilish, “aqlli shaharlar” konsepsiyasini rivojlantirish hamda yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish istiqbollarini muhokama qildilar. 🟠Investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlari, moliyaviy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma investitsiya kompaniyasini tashkil etish masalasini ishlab chiqishni jadallashtirish, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini o‘rganish hamda ularni amaliy amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar. ____ 🇺🇿 21 октября заместитель министра инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан Иброхим Эргашев провёл встречу с делегацией Корейской корпорации поддержки зарубежной инфраструктуры и урбанизации (KIND). 🟠Стороны обсудили перспективы создания совместной инвестиционной компании, финансирования инфраструктурных проектов, модернизации аэропортов, развития концепции «умных городов» и дорожной инфраструктуры. 🟠Особое внимание уделено механизмам привлечения инвестиций, расширению финансового взаимодействия и определению приоритетных направлений для реализации совместных инициатив. 🟠По итогам встречи достигнута договорённость активизировать проработку создания инвестиционной компании, изучить возможности финансирования перспективных проектов и продолжить предметные переговоры по их практической реализации. ____ 🇺🇿 On October 21, Ibrohim Ergashev, Deputy Minister of Investments, Industry and Trade of the Republic of Uzbekistan, held a meeting with a delegation from the Korea Overseas Infrastructure & Urban Development Corporation (KIND). 🟠The parties discussed prospects for establishing a joint investment company, financing infrastructure projects, modernizing airports, developing the smart city concept, and improving road infrastructure. 🟠Particular attention was paid to investment attraction mechanisms, expanding financial cooperation, and identifying priority areas for implementing joint initiatives. 🟠Following the meeting, the parties agreed to accelerate efforts to establish the joint investment company, explore financing opportunities for promising projects, and continue substantive negotiations on their practical implementation.