🇺🇿 19-oktabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Chaudhary Group (Nepal) xalqaro kompaniyalar guruhi raisi Binod Chaudhary bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Tomonlar oziq-ovqat sanoatida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, jumladan, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va distribyutorlik tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. 🟠Mehmonxona biznesi va ko‘chmas mulkni rivojlantirish, xususan, mahalliy hamkorlar ishtirokida mehmonxona majmualarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Shuningdek, energetika, infratuzilma qurilishi va sog‘liqni saqlash sohalaridagi hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. 🟠Uchrashuv yakunida ustuvor loyihalar va ularni amalga oshirish mexanizmlarini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi. ____ 🇺🇿 19 октября в Самарканде министр инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан Лазиз Кудратов провёл встречу с председателем международной группы компаний Chaudhary Group (Непал) Бинодом Чаудхари. 🟠Стороны обсудили перспективы реализации совместных инвестиционных проектов в пищевой промышленности, включая организацию новых производств и развитие дистрибьюторских сетей. 🟠Особое внимание уделено гостиничному бизнесу и девелопменту, в частности созданию гостиничных комплексов с участием местных партнёров. 🟠Также рассмотрены возможности сотрудничества в энергетике, инфраструктурном строительстве и здравоохранении. 🟠По итогам встречи достигнута договорённость по совместной проработки приоритетных проектов и механизмов их реализации. ____ 🇺🇿 On October 19, Laziz Kudratov, Minister of Investments, Industry and Trade of the Republic of Uzbekistan, held a meeting in Samarkand with Binod Chaudhary, Chairman of Chaudhary Group, an international conglomerate from Nepal. 🟠The parties discussed prospects for implementing joint investment projects in the food industry, including the establishment of new production facilities and the development of distribution networks. 🟠Particular attention was paid to the hotel business and real estate development, specifically the establishment of hotel complexes with the participation of local partners. 🟠Opportunities for cooperation in energy, infrastructure construction, and healthcare were also considered. 🟠Following the meeting, an agreement was reached to jointly develop priority projects and mechanisms for their implementation. ◽️Facebook ◽️Instagram ◽️LinkedIn ◽️X