Dunyo bo‘ylab 50 milliondan ortiq odam o‘zbek tilida gaplashadi! 🇺🇿 Turkiy tillar oilasida sonlar bo‘yicha 2-o‘rinda turuvchi ona tilimiz bugungi kunda nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro maydonda ham munosib o‘rin egallab kelmoqda. Buning yorqin isboti sifatida, bugun xalqaro munosabatlar va diplomatiya maskani bo‘lmish MGIMOning Toshkentdagi filialida ham o‘zbek tili eng nufuzli tillar qatorida o‘rganilib, jaranglamoqda. Bu yerda taʼlim olayotgan bo‘lajak diplomatlar va xalqaro ekspertlar o‘z ona tilimizni jahon minbarlariga olib chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqdalar. Ona tilimiz chegaralardan oshib, dunyoning o‘nlab davlatlarida aks sado beryapti. Xalqaro miqyosda tilimizning mavqeini oshirish, uning go‘zalligi va boyligini butun dunyoga ko‘rsatish – har birimizning, ayniqsa, ziyoli yoshlarimizning muqaddas burchidir. Ona tilimizni asraylik, uning xalqaro maqomi va buyuk o‘tmishi bilan faxrlanaylik! ✨
МГИМО-Ташкент
Subscribers
1.5K
tracking since 13 Nov
Reach per post (ERR)
62.4%917 avg views
Posting
4.7/week
last 20 hours ago
Reactions per 1K views
13.0
❤ 🔥 👏
Views over time
| When | Views |
|---|---|
| 21 Oct 2026, 16:00 | 0 |
| 13 Nov 2026, 03:27 | 832 |
Who shared this post
Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)
Nobody yet.