🇺🇿🇰🇷 KOREYADA İŞLAŞ İMKONIYATI: HYUNDAI DASTURI BÖYIÇA SARALAŞ Janubiy Koreyaning HD Hyundai Heavy Industries kompaniyasi vakillari iştirokida Ulsan şahriga malakali kadrlar tayyorlaş dasturining 3-bosqiçi uçun nomzodlarni saralaş jarayonlari ötkazilmoqda. Avval e’lon qilinganidek, E-9 dasturi doirasida SPAS bazasida röyxatda turgan nomzodlar uçun iş beruvçi vakillari iştirokida imtihon va suhbatlar 3–4-noyabr kunlariga belgilangan. ⚓️ 3-noyabr kuni Toşkent şahridagi Xalqaro til va könikmalar maktabida nomzodlarni saralaş jarayonlari ötkazildi. 📊 Mazkur dasturda iştirok etiş uçun respublika böyiça 136 nafar fuqaro hujjat topşirgan bölib, Toşkentdagi saralaşda 86 nafar nomzod qatnaşdi. 📍 Bugun esa Farğona şahridagi KOICA kasb-hunarga öqitiş markazida Farğona, Namangan va Andijon viloyatlaridan nomzodlar uçun saralaş jarayonlari ötkazilmoqda. 📹 Reportajda — Toşkent şahrida koreyalik iş beruvçilar iştirokida ötkazilgan saralaş jarayonlaridan lavhalar. |Instagram|LinkedIn|YouTube|Xorijda iş|Veb sayt|Telegram|
Migratsiya agentligi Jizzax viloyat filiali
Subscribers
5.2K
+0 24h
Reach per post (ERR)
38.4%2K avg views
Posting
3.9/day
last 4 hours ago
Reactions per 1K views
0.6
👍 😁 🔥
Views over time
| When | Views |
|---|---|
| 4 Nov 2026, 08:20 | 0 |
| 12 Nov 2026, 18:52 | 1.2K |
Who shared this post
Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)
Nobody yet.