🇯🇵🌾 YAPONIYADA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA ISHLASH IMKONIYATLARI BILAN TANISHING! Yaponiyada qonuniy ishlash, kasbiy tayyorgarlik va ish beruvchilar talablari haqida bilmoqchimisiz? Sizni onlayn axborot uchrashuviga tashkil etamiz! Tadbir Yaponiya Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi va baliqchilik vazirligi ko‘magida Umumyaponiya qishloq xo‘jaligi kengashi tomonidan o‘tkaziladi. 📌 Uchrashuvda: 🔹 Yaponiyada texnik stajirovka va maxsus malakali ishchi dasturlari; 🔹 Ishlash uchun zarur imtihonlar va talablar; 🔹 Qishloq xo‘jaligi sohasidagi Yaponiya kompaniyalari faoliyati haqida ma’lumot beriladi. 📆 Sana: joriy yil 4-noyabr ⏰ Vaqt: 10:10–12:45 (Toshkent vaqti bilan) 💻 Format: onlayn ✅ Ishtirok: bepul Uchrashuvda Yaponiyada ishlashga qiziquvchilar, kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari, bitiruvchilari, pedagoglar hamda yuboruvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etishi mumkin. ⚠️ Muhim: Mazkur uchrashuv ishga qabul qilish tanlovi emas. Uning maqsadi — Yaponiyada qonuniy ishlash imkoniyatlari va ish beruvchilar talablari haqida ma’lumot berish. |Instagram|LinkedIn|YouTube|Xorijda ish|Veb sayt|Telegram|