🚆 GERMANIYADA AUSBILDUNG: KASB O‘RGANING VA O‘QISH DAVOMIDA DAROMAD OLING! 🇩🇪 🇺🇿 Migratsiya agentligi Germaniyaning Deutsche Bahn kompaniyasi bilan hamkorlikda yoshlarni temir yo‘llari montajchisi kasbi bo‘yicha 3 yillik Ausbildung (dual kasbiy ta’lim) dasturiga taklif etadi! 🎓 Ausbildung nima? Bu — Germaniyada nazariy ta’lim va amaliy tayyorgarlikni birlashtirgan kasb o‘rganish tizimi. Ishtirokchilar kasb egallash bilan birga o‘qish davrida ham haq oladi. 🇩🇪 Dastur ishtirokchilarini nimalar kutmoqda? 📍 Bavariya hududidagi Augsburg yoki Myunxen shaharlarida kasbiy ta’lim; 💶 1-o‘quv yili — oyiga taxminan 1 400 yevro; 💶 2-o‘quv yili — oyiga taxminan 1 480 yevro; 💶 3-o‘quv yili — oyiga taxminan 1 560 yevro; 🏖 Har yili 30 kunlik haq to‘lanadigan ta’til; 📚 Toshkentda Deutsche Bahn tomonidan moliyalashtiriladigan B2 darajasigacha nemis tili kurslari. 📅 Ta’lim boshlanishi: 2027-yil 1-sentabr. ✈️ Germaniyaga jo‘nab ketish: 2027-yil yozi. 👷 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: ▪️18–25 yoshda bo‘lish; ▪️ Tanlov vaqtida nemis tilini kamida B1 darajada bilish va Goethe, Telc, ÖSD yoki TestDaF sertifikatlaridan biriga ega bo‘lish; ▪️ Germaniyaga ketishdan oldin B2 darajasiga erishish va imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish; ▪️ Kamida 9 yillik maktab ta’limini tamomlagan yoki ta’limni davom ettirayotgan bo‘lish; ▪️ Ochiq havoda, jismoniy mehnat sharoitida, smenali va zaruratga ko‘ra tungi vaqtda ishlashga tayyor bo‘lish; ▪️ Germaniyada yashash va ishlashga tayyor bo‘lish. 📌 Texnik yo‘nalishdagi ma’lumot va amaliy tajriba qo‘shimcha ustunlik beradi. B toifali haydovchilik guvohnomasi afzallik hisoblanadi, ammo majburiy emas. 📄 Kerakli hujjatlar: maktab attestati va baholar ilovasi, mavjud bo‘lsa, o‘rta maxsus yoki oliy ta’lim diplomi va uning ilovasi. 👉 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish👈 📞 Murojaat uchun: +998 90 054 02 27 🚀 Kasb, tajriba va xalqaro malaka sari ilk qadamingizni Ausbildung bilan boshlang! 📲 Yaqinlaringizga ulashing! 📢 So‘nggi yangiliklar va xorijda ishlash imkoniyatlaridan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing.