Migratsiya agentligi Jizzax viloyat filiali

@jizzax_agency · Uzbek · active

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K +0 24h
Reach per post (ERR) 38.6%2K avg views
Posting 4.0/day last 4 hours ago
Reactions per 1K views 0.6 👍 😁 🔥

O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva global sog‘liqni saqlashga qo‘shgan hissasi uchun nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi “Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot yo‘lida” xalqaro sammiti hamda Bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress doirasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaga onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirishdagi yetakchiligi va har bir bolaning sog‘lom hayot kechirish huquqini global miqyosda ilgari surgani uchun nufuzli xalqaro mukofotni topshirdi. “Muhtaram Birinchi xonim! Siz butun dunyoda bolalar, ayniqsa, onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalar manfaatlari yo‘lida chinakam kurashchi, har bir bolaning ta’lim olish va sog‘lom hayot kechirish huquqining himoyachisisiz”, — dedi JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus. Mukofot 2019-yilda ta’sis etilgan. U aholi salomatligini muhofaza qilish sohasida aniq natijalar bergan alohida yetakchilik va yuksak yutuqlar uchun beriladi. Avvalgi yillarda ushbu mukofotga davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, Nobel mukofoti sovrindorlari, taniqli olimlar va jamoat arboblari sazovor bo‘lgan. Ular global emlashni rivojlantirish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish, tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlangan. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz

Views over time

05001K1.5K2K22 Oct 05:5612 Nov 18:521.8K22 Oct 05:56: 0 views12 Nov 18:52: 1,800 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
22 Oct 2026, 05:560
12 Nov 2026, 18:521.8K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.