#rasman 🇺🇿 ÖZBEK ALIFBOSI TAKOMILLAŞTIRILDI - QONUN IMZOLANDI! Prezident Şavkat Mirziyoyev özbek tilining lotin yozuviga asoslangan alifbosini takomillaştirişga qaratilgan Qonunni imzoladi. Qonunga muvofiq, alifbodagi 4 ta harfning yozilişi özgartirildi: 🔹 O‘ → Ö 🔹 G‘ → Ğ 🔹 Sh → Ş 🔹 Ch → Ç 📌 Amaldagi hujjatlar va materiallar birdaniga almaştirilmaydi. Ulardan yaroqlilik muddati tugaguniga qadar yoki navbatdagi yangilaniş jarayoniga qadar foydalaniş davom ettiriladi. Yangi alifboga ötish jarayoni bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. Bu esa hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni yangi yozuvga moslaştiriş imkonini beradi.