🇹🇷 TURKIYADA ISH IMKONIYATI! 📢 Migratsiya agentligi Turkiyaning yirik qurilish kompaniyasi loyihalarida ishlash uchun fuqarolarni ishga taklif etadi. 📌 Vakansiyalar: jami 124 ta bo‘sh ish o‘rni 🔹 Ekskavator operatori (25 nafar) — ₺47 500 🔹 G‘altak (katok) operatori (20 nafar) — ₺43 000 🔹 Yuklagich (loder) operatori (10 nafar) — ₺47 000 🔹 Santexnik (10 nafar) — ₺47 500 🔹 Ta’mirlovchi usta / mexanik (5 nafar) — ₺47 500 🔹 Avtoelektrik (5 nafar) — ₺48 500 🔹 Shina ustasi / vulkanizator (6 nafar) — ₺38 500 🔹 Payvandchi (5 nafar) — ₺47 500 🔹 Oddiy ishchi (30 nafar) — ₺37 500 🔹 Maydon (dala) tarjimoni (turkcha-o‘zbekcha, 8 nafar) — ₺55 000 ⏱️ Ish tartibi va sharoitlari ▪️ Ish vaqti: kuniga 10 soat, haftasiga 6 kun; ▪️ Shartnoma muddati: 1 yil (keyinchalik 2–3 yilgacha uzaytirish imkoniyati bilan); ▪️ Sinov muddati: 2 oy; ▪️ Qo‘shimcha ish (mesai): belgilangan vaqtdan tashqari mehnat uchun alohida qo‘shimcha haq to‘lanadi. ✅ Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar ▪️ 18–45 yoshdagi erkaklar; ▪️ Kamida umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi; ▪️ O‘z sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi; ▪️ Kamida o‘rta darajada turk tilini bilish; ▪️ Sog‘lom, mehnatkash va zararli odatlardan (spirtli ichimlik) xoli bo‘lishi. ✅ Ish beruvchi tomonidan qoplanadigan xarajatlar: ✈️ O‘zbekiston – Turkiya yo‘nalishidagi transport (aviachipta) xarajatlari; 🚐 Aeroportdan yetib borish va ish joyidagi mahalliy transport (avtobus); 📄 Turkiyada ishlash uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish xarajatlari; 🏠 Yashash joyi (yotoqxona) va bepul ovqatlanish; 🩺 Tibbiy sug‘urta hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi (SGK); 🛡 Ish jarayonidagi baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash xarajatlari; 💼 Soliq to‘lovlari to‘liq ish beruvchi hisobidan qoplanadi. 📎 Shoshiling! Arizalar 2026-yil 16-oktabrga qadar qabul qilinadi. Taqdim etilgan hujjatlar ish beruvchi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Talablarga mos kelgan nomzodlar keyingi bosqich — suhbatda ishtirok etish uchun taklif etiladi. 📲 Yaqinlaringizga ulashing! 📢 So‘nggi yangiliklar va xorijda ishlash imkoniyatlaridan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing.