Migratsiya agentligi Jizzax viloyat filiali

@jizzax_agency · Uzbek · active

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K +0 24h
Reach per post (ERR) 38.6%2K avg views
Posting 4.0/day last 5 hours ago
Reactions per 1K views 0.6 👍 😁 🔥
repost from XORIJDA ISH

🇺🇿🇸🇮 SLOVENIYA ISH BERUVCHILARI O‘ZBEKISTONGA KELMOQDA! 🔥 3 TA HUDUDDA — BEVOSITA UCHRASHUV, VORKSHOP VA ISHGA TANLOV! Sloveniyada o‘z kasbingiz bo‘yicha rasmiy ishlash va yuqori daromad olishni istaysizmi? 12–14-oktabr kunlari Sloveniyadan kelgan ish beruvchilar Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlarida nomzodlar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar, vorkshoplar va ishga tanlovlar o‘tkazadi. 💼 QAYSI KASBLAR BO‘YICHA ISH O‘RINLARI BOR? 🚛 Og‘ir yuk avtomobili va xalqaro yuk tashish haydovchilari; 🚌 Yo‘lovchi tashish haydovchilari; 🔧 Yuk avtomobillari mexaniklari; 🏗 Qurilish ishchilari va ustalari; 🚜 Og‘ir texnika operatorlari; ⚙️ Ishlab chiqarish uskunalari operatorlari; ⚡️ Elektriklar; 🌲 O‘rmon xo‘jaligi xodimlari; 👩‍⚕️ Parvarishlash xodimlari; 📋 Ma’muriyat va savdo mutaxassislari. 💶 ISH HAQI — 1 277 € DAN 3 800 € GACHA! (bruttoda) ✅ Ish beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan imkoniyatlar: 🔹 Viza va ishlash uchun ruxsatnoma xarajatlari; 🔹 Turar joy bilan ta’minlash; 🔹 Tibbiy sug‘urta; 🔹 Aeroportdan transfer; 🔹 Ayrim vakansiyalarda aviachipta va ovqatlanish xarajatlari. Shartlar tanlangan vakansiya va ish beruvchiga qarab farqlanadi. 📍 TANLOV SANALARI VA MANZILLARI: 🗓 12-oktabr | 09:00 — BUXORO Buxoro shahri, Piridasgir ko‘chasi, 13-uy, Kasbiy ko‘nikmalar markazi. 📌 Xaritada ko‘rish 🗓 13-oktabr | 10:00 — SAMARQAND Samarqand shahri, Narpay ko‘chasi, 7B-uy, Kasbiy ko‘nikmalar monomarkazi. 📌 Xaritada ko‘rish 🗓 15-14-oktabr | 9:00 — TOSHKENT Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Ko‘kcha darvozasi ko‘chasi, 485-uy, INTIL o‘quv markazi. 📌 Xaritada ko‘rish 📌 Boshqa hududlarda yashovchi fuqarolar ham o‘zlariga eng yaqin manzilda tashkil etiladigan tanlovda ishtirok etishlari mumkin. 📌 Nomzodlarga asosiy talablar: tegishli kasbiy malaka va ish tajribasi, ayrim yo‘nalishlarda ingliz tili hamda maxsus sertifikatlar, xorijga chiqish pasporti. 🚀 Xalqaro mehnat bozorida o‘z kasbingizga munosib imkoniyatni tanlang! Izoh: ish haqi miqdori va soliq ushlanmalari vakansiyaga qarab farqlanadi. Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

Views over time

05001K1.5K9 Oct 11:3012 Nov 18:521.6K9 Oct 11:30: 0 views12 Nov 18:52: 1,560 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
9 Oct 2026, 11:300
12 Nov 2026, 18:521.6K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.