Migratsiya agentligi Jizzax viloyat filiali

@jizzax_agency · Uzbek · active

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K +0 24h
Reach per post (ERR) 38.6%2K avg views
Posting 4.0/day last 5 hours ago
Reactions per 1K views 0.6 👍 😁 🔥
repost from XORIJDA ISH

🇰🇷 KOREYANING SPAS BAZASIDAGI FUQAROLAR DIQQATIGA! 📢 Koreya Respublikasida SPAS bazasiga kiritilgan nomzodlar uchun ish beruvchilar tanlovi quyidagi muddatlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan: 🔹 19–23-oktabr — ishlab chiqarish va tog‘-konchilik; 🔹 26–30-oktabr — xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalar. ❗️MUHIM YANGILIK! Bu galgi tanlovda xizmat ko‘rsatish sohasiga ish beruvchilardan kutilganidan ko‘proq talabnomalar kelib tushgan. Shu sababli HRD Korea tomonidan SPAS bazasida ishlab chiqarish sohasida ro‘yxatda turgan, bazadagi amal qilish muddati yakunlanayotgan va xizmat ko‘rsatish sohasiga o‘tish imkoniyatiga ega nomzodlar ro‘yxati HRD Korea tomonidan Migratsiya agentligiga taqdim etildi. 📌 Ro‘yxatda bormisiz? Agar ism-familiyangiz ro‘yxatda bo‘lsa va xizmat ko‘rsatish sohasiga o‘tishni istasangiz, 18-oktabrga qadar Migratsiya agentligining yashash hududingizdagi filialiga murojaat qiling. 📍Migratsiya agentligining 👉hududiy filiallari manzillari👈 👉 Ro‘yxatni tekshirish 👈 ⚠️ Eslatma: Sohani o‘zgartirish istagini bildirgan nomzodlarning ma’lumotlari Koreya tomoniga taqdim etiladi. Bu ish beruvchi tomonidan tanlanish yoki Koreyada ishga joylashishni kafolatlamaydi. Yakuniy tanlov Koreya tomonining vakolatli tashkilotlari va ish beruvchilari tomonidan amalga oshiriladi. ⏰ Murojaatlar 2026-yil 18-oktabrga qadar qabul qilinadi! 📞 Ma’lumot uchun: 71 202 33 55 (ichki raqam - 243) Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing! Ko‘rsatilgan muddatlar arizalar soni va boshqa omillarga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.

Views over time

05001K1.5K8 Oct 16:2512 Nov 18:521.6K8 Oct 16:25: 0 views12 Nov 18:52: 1,550 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
8 Oct 2026, 16:250
12 Nov 2026, 18:521.6K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.