Migratsiya agentligi Jizzax viloyat filiali

@jizzax_agency · Uzbek · active

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K +0 24h
Reach per post (ERR) 38.6%2K avg views
Posting 4.0/day last 5 hours ago
Reactions per 1K views 0.6 👍 😁 🔥
repost from XORIJDA ISH

🇰🇷 MUHANDISLAR UCHUN KOREYADA E-7 VIZASI BO‘YICHA YANGI IMKONIYAT! Siz elektr muhandisligi yoki kimyo muhandisligi bo‘yicha oliy ma’lumot va ish tajribasiga egamisiz? Migratsiya agentligi va HD Hyundai Heavy Industries hamkorligida Koreyada E-7 malakali mutaxassis vizasi asosida ishlash uchun nomzodlar tanlovi o‘tkaziladi. 📍 O‘qish joyi: Farg‘ona shahridagi KOICA markazi 🏠 O‘qish va yotoqxona xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan qoplab beriladi. 💰 Minimal oylik ish haqi: 2,156 mln von (taxminan 1605 AQSH dollari) ❓ Kimlar ishtirok etishi mumkin? 👉YONALISHLAR RO'YXATI BILAN TANISHING👈 (Eligible - to'g'ri keladi , Not elegible - to'g'ri kelmaydi) ▪️ elektr muhandisligi yoki kimyo muhandisligi bo‘yicha bakalavr diplomiga ega; (bakalavr diplomi - ish tajribasi 1 yil va undan yuqori, mazkur sohalar bo'yicha kollej yoki texnikum diplomi - 5 + yillik ish tajribasi) ▪️ 22–35 yosh oralig‘ida; ▪️ sudlanmagan; ▪️ Koreya elchixonasidan viza rad javobini olmagan; ▪️ koreys tili bo‘yicha TOPIK, SKA yoki “Qirol Sejong” sertifikatiga ega nomzodlar. 📄 Kerakli hujjatlar: ▪️ 👉Anketa👈 ▪️👉Tilxat👈 ▪️ pasport nusxasi (rangli); ▪️ 2 dona foto (3,5×4,5); ▪️ koreys tili sertifikati; ▪️ bakalavr diplomi nusxasi; ▪️ soha bo‘yicha rasmiy mehnat stajini tasdiqlovchi hujjat. 🗓 Muhim sanalar: ✅ Hujjatlar qabuli — 7–23-oktabr ✅Hujjatlari tasdiqlangan nomzodlar e’loni — 28-oktabr ✅ Test va suhbat — 2–6-noyabr ✅ O‘qishga qabul qilinganlar e’loni — 11-noyabr ✅O‘qish muddati — 2026-yil 16-noyabr – 2027-yil 5-fevral ✅ Yakuniy baholash — 2027-yil 10-fevral 📍 Hujjatlar Migratsiya agentligining 👉hududiy filiallarida👈 qabul qilinadi. 🚫 Eslatma: Avval Koreyada qonunbuzarlik qilgan, jarimaga tortilgan, nolegal ishlagan yoki qalbaki hujjat sabab viza rad etilganlar hujjat topshira olmaydi! ⚠️ Muhim: Minimal baholash mezonlariga javob bermaganlar HD Hyundai tomonidan loyihadan chiqariladi. 📞 Ma’lumot uchun: 71 202 33 55 Ichki raqamlar: 241, 243, 244 Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing! Ko‘rsatilgan muddatlar arizalar soni va boshqa omillarga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.

Views over time

05001K1.5K7 Oct 06:0212 Nov 18:521.5K7 Oct 06:02: 0 views12 Nov 18:52: 1,500 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
7 Oct 2026, 06:020
12 Nov 2026, 18:521.5K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.