🇰🇷 KUTILGAN TANLOV: HD HYUNDAI BILAN KEMASOZLIK SOHASIDA YANGI IMKONIYAT! Koreyada E-9 vizasi asosida ishlashni maqsad qilganlar uchun navbatdagi imkoniyat! Migratsiya agentligi va HD Hyundai Heavy Industries hamkorligida kemasozlik sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kurslariga 2026-yildagi 3-tanlov e’lon qilinadi. 📍 O‘qish joyi: Farg‘ona shahridagi KOICA markazi 🏠 O‘qish va yotoqxona xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan qoplab beriladi. 💰 Minimal oylik ish haqi: 2,156 mln von (taxminan 1605 AQSH dollari) ❓ Kimlar ishtirok etishi mumkin? ▪️SPAS bazasidagi hujjatlarining amal qilish muddati 2027-yil 5-fevraldan keyin kamida 6 oy, ya’ni 2027-yil avgustgacha bo‘lgan; ▪️2026 EPS topik testlaridan muvaffaqiyatli o'tgan va SPAS bazaga kirish uchun hujjatlarini topshirib va tasdiqlanish jarayonida turgan; ▪️ EPS-TOPIKning ishlab chiqarish sohasi bo‘yicha imtihonida 80 va undan yuqori ball olgan; ▪️ 80 balldan kam olgan taqdirda TOPIK yoki “Qirol Sejong” sertifikatiga ega bo‘lgan; ❗️Yosh chegarasi: ▪️1992-yil 1- yanvardan keyin ▪️2006 -yil 31- dekabrgacha tug'ilganlar 📄 Kerakli hujjatlar: ▪️👉Anketa👈 ▪️👉Tilxat👈 ▪️ pasport nusxasi (rangli); ▪️ 2 dona foto (3,5×4,5); ▪️ til sertifikati (mavjud bo‘lsa). TANLOVGA OLDINDAN TAYYORLANING! Nomzodlarga qulaylik yaratish maqsadida test va suhbat jarayonida berilishi mumkin bo‘lgan taxminiy savollar bilan oldindan tanishish imkoniyati taqdim etiladi. 👉 Taxminiy savollar bilan tanishish👈 🗓 Muhim sanalar: ✅ Hujjatlar qabuli — 6–23-oktabr ✅ Hujjatlari tasdiqlangan nomzodlar e’loni — 28-oktabr ✅ Test va suhbat — 2–6-noyabr ✅ O‘qishga qabul qilinganlar e’loni — 11-noyabr ✅ O‘qish muddati — 2026-yil 16-noyabr – 2027-yil 5-fevral ✅ Yakuniy baholash — 2027-yil 10-fevral 📍 Hujjatlar Migratsiya agentligining 👉hududiy filiallarida👈 qabul qilinadi. 🚫 Eslatma: Avval Koreyada qonunbuzarlik qilgan, jarimaga tortilgan, nolegal ishlagan yoki qalbaki hujjat sabab viza rad etilganlar hujjat topshira olmaydi! ⚠️ Muhim: Minimal baholash mezonlariga javob bermaganlar HD Hyundai tomonidan loyihadan chiqariladi. 📞 Ma’lumot uchun: 71 202 33 55 Ichki raqamlar: 241, 243, 244 Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing! Ko‘rsatilgan muddatlar arizalar soni va boshqa omillarga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.