APAL LOYIHASI: GERMANIYADA AUSBILDUNG VA ISH Migratsiya agentligi va Germaniya Federal Bandlik agentligi hamkorlogida 2027-yil kuz oyida boshlanadigan AUSBILDUNG uchun qabul ochildi! Kimlar ishtirok etishi mumkin? ▪️ Nemis tilidan kamida B1 (Goethe, ECL, Telc, DSD, ÖSD, TestDaF) darajada sertifikati bor, 18–25 yoshdagi yigit va qizlar; ▪️Ta'lim darajasi: o'rta maktab ta'limi, kollej, litsey, texnikum bitiruvchilari (oliy ma'lumotlilar qabul qilinmaydi); 🎓 Yo‘nalishlar ustiga bosib ariza qoldiring: • yoʻl qurilishi mutaxassisi (2 yil) • kabel tarmoqlari qurilishi mutaxassisi (2 yil) • quvur tarmoqlari qurilishi mutaxassisi (2 yil) • poydevor qurilishi mutaxassisi (3 yil) • santexnika, isitish va havoni konditsionerlash tizimlari bo’yicha montajchi-mexanik (2 yil) 💶Stipendiyalar: 1-yil: 885 yevro (netto). Keyingi yillarda tarif bo'yicha oshib boradi. 📌 dual kasb ta'limini muvaffaqiyatli yakunlagandan so'ng kamida 2400 yevro (netto) maoshlik doimiy ishlash imkoniyatiga ega bo'lasiz. 🎁 Imtiyozlar: ✔️ Bepul ta’lim ✔️ Aviachipta va vizaviy qo'llab-quvvatlash hamda xarajatlari ✔️ Arzonlashtirilgan turar joy (200-250 yevro atrofida, birinchi oy bepul) ✔️ 3 mahal bepul ovqatlanish (1-yil, dushanbadan jumagacha) ✔️ Sug'urta harajatlari 🗓 Muddat: 2026-yil 6-oktyabrgacha 📞 Murojaat uchun: 1282, (71) 230-33-55 (ички рақам 502) 🔗 Batafsil ma'lumotni Germaniya Federal Bandlik agentligi ➡️veb saytida o'zbek tilida o'qishingiz mumkun. 📢 SAVOLLARINGIZ BORMI? INFOEVENT’DA JAVOB OLING! 🗓 Joriy yil 24-sentyabr kuni soat 17:00 da ushbu dastur bo‘yicha onlayn Infoevent o‘tkaziladi. Dastur shartlari, Ausbildung jarayoni, talablar va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot beriladi 🌐 Uchrashuvda o‘zbek tiliga tarjimon ham ishtirok etadi. 🔗 Infoevent’ga ulanish uchun 👉HAVOLA👈 Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!