Migratsiya agentligi Jizzax viloyat filiali

@jizzax_agency · Uzbek · active

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K +0 24h
Reach per post (ERR) 38.6%2K avg views
Posting 4.0/day last 10 hours ago
Reactions per 1K views 0.6 👍 😁 🔥
repost from XORIJDA ISH

🇰🇷 Janubiy Koreya sari yana bir muhim qadam: 1 454 nafar nomzod Skill testdan muvaffaqiyatli o‘tdi Janubiy Koreyada ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish-1 sohalarida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun joriy yil 28–31-iyul kunlari Malaka imtihoni (Skill test) o‘tkazilgan edi. Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRD Korea) ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi bosqich — yozma imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan 1 878 nafar nomzod Skill testga jalb etildi. Ulardan 1 698 nafari imtihonda qatnashib, 1 454 nafari muvaffaqiyatli natija qayd etdi. 👏 Barcha muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlarni tabriklaymiz! Shundan: 🔹 Ishlab chiqarish sohasi bo‘yicha 1 653 nafar nomzoddan 1 506 nafari (91,1%) imtihonda qatnashgan va ularning 1 346 nafari (89,4%) muvaffaqiyatli o‘tgan. 🔹 Xizmat ko‘rsatish-1 sohasi bo‘yicha 225 nafar nomzoddan 192 nafari (85,3%) imtihonda qatnashgan va ularning 108 nafari (56,3%) muvaffaqiyatli o‘tgan. 🔐 Nomzodlarning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilish maqsadida natijalar F.I.Sh. bo‘yicha emas, EPS-TOPIK Reg. No. / Skill Test Reg. No. orqali taqdim etiladi. Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish raqamingiz bo‘yicha natijangizni tekshirishingiz mumkin: 👉 Xizmat ko’rsatish -1 yo’nalishi 👉Ishlab chiqarish yo’nalishi 📄 Skill testdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlardan anketa ma’lumotlarini joriy yil 21-avgustdan 8-sentyabrga qadar o’zingizga yaqin bo’lgan hududidagi Migratsiya agentligining hududiy filialiga taqdim etish so‘raladi. 👉 Anketani yuklab olish 👉 Hududiy filiallar manzillari Keyingi bosqich qanday? 1. Anketa ma’lumotlari topshirilgach, 9-14 sentyabrga qadar nomzodlar belgilangan tartibda Koreyaning SPAS ish izlovchilar bazasiga kiritiladi. 2. Koreya tomoni tasdiqlagandan so’ng (2 oy) ularning nomzodi 2 yil davomida o’tkaziladigan tanlovlarda koreyalik ish beruvchilar tomonidan ko‘rib chiqiladi. ❗️Eslatma: Skill testdan muvaffaqiyatli o‘tish Janubiy Koreyada ishga joylashishni kafolatlamaydi. Nomzodlarni ishga tanlash EPS tizimida belgilangan tartib va Koreya Respublikasi ish beruvchilarining tanlovi asosida amalga oshiriladi. ☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqamlar: 106, 107, 108), 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami. Yaqinlaringizga ulashing! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib boring!

Views over time

05001K26 Aug 05:2612 Nov 18:521K26 Aug 05:26: 0 views12 Nov 18:52: 1,040 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
26 Aug 2026, 05:260
12 Nov 2026, 18:521K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.