Fuqarolarimiz murojaatlari uchun maxsus Telegram bot ishga tushirildi Yaqin Sharq mintaqasida yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan fuqarolarimiz murojaatlarini tezkor qabul qilish maqsadida maxsus Telegram bot @tiv_yordam_bot ishga tushirildi. Mazkur bot orqali mintaqa davlatlarida bo‘lib turgan fuqarolarimiz: - konsullik masalalari bo‘yicha murojaat yo‘llash; - o‘z joylashuvi va holati haqida ma’lumot qoldirish; - zarur holatlarda tezkor yordam so‘rash imkoniyatlari yaratilgan. Barcha yurtdoshlarimizni ushbu bot orqali murojaat qoldirishda aniq va to‘liq ma’lumot taqdim etishga chaqiramiz. Bu diplomatik vakolatxonalarimizga fuqarolarimizga tezkor yordam ko‘rsatish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xorijdagi fuqarolarimiz bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularning xavfsizligi va huquqlarini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishda davom etmoqda. *** A special Telegram bot launched to receive requests from citizens of Uzbekistan Due to the current situation in the Middle East, the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan has launched a special Telegram bot — @tiv_yordam_bot to promptly receive requests from our citizens. Through this bot, citizens of Uzbekistan can: - submit consular inquiries; - provide information about their location and current situation; - request urgent assistance if necessary. Citizens are kindly requested to provide accurate and complete information when submitting requests through the bot. This will enable our diplomatic missions to respond promptly and provide the necessary assistance. Diplomatic missions and consular institutions of the Republic of Uzbekistan remain in constant contact with citizens abroad and continue to take all necessary measures to ensure their safety and protect their rights. *** Для оперативного приема обращений граждан запущен специальный Telegram-бот В связи со сложившейся ситуацией в регионе Ближнего Востока Министерством иностранных дел Республики Узбекистан запущен специальный Telegram-бот — @tiv_yordam_bot для оперативного приема обращений наших граждан. С помощью данного бота граждане Узбекистана, находящиеся в странах региона, могут: - направить обращение по консульским вопросам; - сообщить информацию о своем местонахождении и текущей ситуации; - при необходимости запросить срочную помощь. Призываем всех наших соотечественников при обращении через бот указывать точную и полную информацию. Это позволит дипломатическим представительствам Республики Узбекистан оперативно оказывать необходимую помощь. Дипломатические представительства и консульские учреждения Республики Узбекистан находятся в постоянном контакте с нашими гражданами за рубежом и принимают необходимые меры для обеспечения их безопасности и защиты их прав. @TIVmatbuot