Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси маркази

@islommarkazi · news · Belarusian · active

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.1K → 5.2K +20 24h
Reach per post (ERR) 40.2%2.1K avg views
Posting 10.1/day last 9 hours ago
Reactions per 1K views 2.2 🔥 👍 👏
repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi o‘z ishini boshladi. Unda 40 dan ortiq davlat vakillari, jumladan, ta’lim va fan vazirlari, 500 ga yaqin mahalliy va xorijiy oliygoh rahbarlari hamda mingdan ziyod ekspert ishtirok etmoqda. Forumning ochilish marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning anjuman ishtirokchilariga murojaatini o‘qib eshittirdim. Davlatimiz rahbari qutlovida Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik mustahkamlanayotgani ta’kidlandi. Qariyb 85 million aholiga ega mintaqamizning eng katta boyligi esa bilimga intilayotgan yosh avloddir. “Ana shu ulkan demografik salohiyatni qudratli intellektual kuchga aylantirishda eng samarali yo‘l – sifatli, zamonaviy ta’lim va tarbiyadir”, – deyiladi murojaatda. Prezidentimiz O‘zbekistonda ta’lim islohotlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanganini qayd etgan. Yaqinda maktabgacha va maktab ta’limi, kasbiy va oliy ta’lim hamda ilm-fan boshqaruvi yagona tizimga birlashtirildi. Bundan maqsad – bolaning dastlabki bilim olishidan yetuk mutaxassis va olim bo‘lib shakllanishigacha bo‘lgan bosqichlar uzviyligini ta’minlash. Murojaatda ta’lim yoshlarni mustaqil fikrlash, ijod qilish va umri davomida o‘rganishga tayyorlashi zarurligi ta’kidlangan. O‘qituvchi va murabbiylarning rolini oshirish, maktab, texnikum, universitet hamda ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, ayniqsa, qizlar, chekka hududlardagi bolalar va alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish muhim vazifalar sifatida ko‘rsatildi. Prezidentimiz sun’iy intellekt va zamonaviy muhandislik yo‘nalishlarini rivojlantirish, universitetlar o‘rtasidagi qo‘shma dasturlar va tadqiqotlarni ko‘paytirish, talaba hamda olimlar almashinuvini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyoni ilm-ma’rifat, yuksak texnologiyalar va innovatsiyalar birlashgan umumiy intellektual makonga aylantirishdek strategik maqsad yo‘lida forumda amaliy takliflar ilgari surilishiga ishonch bildirdi. — В Ташкенте начал работу Международный образовательный форум Центральной Азии. В нем участвуют представители более 40 стран, в том числе министры образования и науки, около 500 руководителей узбекистанских и зарубежных вузов и свыше тысячи экспертов. На церемонии открытия форума зачитал послание Президента Шавката Мирзиёева к участникам мероприятия. В приветствии главы нашего государства отмечено укрепление взаимного доверия, добрососедства и партнерства между странами Центральной Азии. Главное богатство региона при населении около 85 миллионов человек – молодое поколение, стремящееся к знаниям. «Самый действенный путь к превращению этого огромного демографического потенциала в мощную интеллектуальную силу – качественное современное образование и воспитание», – говорится в обращении. Президент нашей страны отметил, что реформы образования в Узбекистане стали одним из приоритетов государственной политики. Недавно управление дошкольным, школьным, профессиональным и высшим образованием, а также наукой объединено в единую систему. Цель – обеспечить преемственность всех этапов: от получения ребенком первых знаний до становления квалифицированного специалиста и ученого. Подчеркнуто, что образование должно готовить молодежь к самостоятельному мышлению, творчеству и обучению на протяжении всей жизни. Среди важных задач названы повышение роли педагогов и наставников, укрепление сотрудничества между школами, техникумами, университетами и производством, расширение возможностей для девочек, детей из отдаленных районов и молодых людей с особыми образовательными потребностями. Глава нашего государства выразил уверенность, что на форуме будут выдвинуты практические предложения, служащие стратегической цели – превратить Центральную Азию в общее интеллектуальное пространство, объединяющее просвещение, высокие технологии и инновации. Facebook|Instagram|X

Views over time

020040060028 Oct 12:4814 Nov 00:1146128 Oct 12:48: 0 views14 Nov 00:11: 461 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
28 Oct 2026, 12:480
14 Nov 2026, 00:11461

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.