Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak. Ayniqsa, issiq iqlimimiz sharoitida daraxtlar, suv havzalari va soya-salqin joylar aholi turmush sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shayxontohur tumanida barpo etilishi rejalashtirilgan yangi istirohat bog‘i hududini ko‘zdan kechirdim. Bu yerda ko‘l, ko‘kalamzor maydonlar paydo bo‘ladi hamda oilaviy, bolalar bilan dam olish, sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish uchun barcha qulayliklar muhayyo qilinadi. Bunday maskanlar poytaxtimizning barcha tumanlarida tashkil etilishi lozim. Shaharda istirohat bog‘larini yanada ko‘paytirish, mavjud yashil hududlarni asrab-avaylash, yangi ekologik toza mavzelarni barpo etish zarur. Toshkentni rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri shu, biz boshlangan ishlarni qat’iy davom ettiramiz. — Ташкенту нужно больше зелёных пространств. Особенно в нашем жарком климате, где деревья, вода и тень напрямую влияют на качество жизни граждан. Осмотрела территорию будущего парка в Шайхантахурском районе. Здесь появятся озеро, много зелени, места для прогулок, спорта и отдыха с детьми. Такие зоны должны быть во всех районах столицы. Городу нужно активнее формировать парки, сохранять существующие зелёные насаждения и создавать новые экологически чистые массивы. Это одно из важных направлений развития Ташкента, и эту работу будем продолжать.