Qozog‘iston strategik tadqiqotlar instituti departamenti rahbari Bibigul Omirbayeva xalqaro transport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish va savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazning ahamiyati ortib borayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘rta yo‘lakni nafaqat Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi tranzit yo‘nalishi, balki ikki mintaqaning iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiladigan vosita sifatida ham ko‘rish lozim. Ekspert O‘rta yo‘lak orqali yuk tashish hajmi o‘sib borayotganiga oid ma’lumotlarni keltirdi. 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida tashilgan yuklar hajmi 4,1 million tonnaga yetib, 29 foizga oshgan. Konteyner tashuvlari esa 25 foizga o‘sib, 71,6 ming TEUni tashkil etgan. U Qozog‘istonda temir yo‘l va port infratuzilmasini modernizatsiya qilish, jumladan, Aktau shahridagi konteyner xabini rivojlantirish va Kuriq portini yangilash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ham to‘xtaldi. Bibigul Omirbayeva O‘rta yo‘lakni boshqa xalqaro yo‘nalishlar, xususan, TRIPP loyihasi bilan bog‘lash muhimligini alohida qayd etdi. Uning fikricha, transport yo‘nalishlarining bir-birini to‘ldirishi Janubiy Kavkaz orqali Turkiya va Yevropa tomon yuk tashish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bunda yo‘nalishlarni tanlash iqtisodiy maqsadga muvofiqlik, tashish qiymati va yetkazib berish muddatlariga asoslanishi kerak. “O‘rta yo‘lakni rivojlantirish tranzit infratuzilmasini kengaytirish bilangina cheklanmasligi muhim. Bu jarayon o‘zaro savdoning o‘sishi, sanoat kooperatsiyasining mustahkamlanishi va yo‘nalish bo‘ylab qo‘shilgan qiymat yaratilishi bilan birga kechishi lozim”, — deya ta’kidladi Bibigul Omirbayeva. 📝📝📝 Руководитель департамента Казахстанского института стратегических исследований Бибигуль Омирбаева отметила растущее значение Центральной Азии и Южного Кавказа в диверсификации международных транспортных маршрутов и развитии торгово-экономических связей. По её словам, Средний коридор следует рассматривать не только как транзитный маршрут между Китаем и Европой, но и как инструмент экономического развития двух регионов. Эксперт привела данные о росте перевозок по Среднему коридору: за январь–сентябрь 2026 года их объём достиг 4,1 млн тонн (+29%), контейнерных перевозок — 71,6 тыс. TEU (+25%). Она также отметила предпринимаемые Казахстаном меры по модернизации железнодорожной и портовой инфраструктуры, включая развитие контейнерного хаба в Актау и модернизацию порта Курык. Отдельно Б. Омирбаева подчеркнула важность сопряжения Среднего коридора с другими международными маршрутами, в частности проектом TRIPP. По её мнению, взаимодополняемость транспортных направлений позволит расширить возможности перевозок через Южный Кавказ в сторону Турции и Европы, при этом выбор маршрутов должен определяться экономической целесообразностью, стоимостью и сроками доставки. «Важно, чтобы развитие Среднего коридора не ограничивалось расширением транзитной инфраструктуры, а сопровождалось ростом взаимной торговли, укреплением промышленной кооперации и созданием добавленной стоимости вдоль маршрута», — подчеркнула Б. Омирбаева. 💬Telegram | 💬Facebook | 💬X | 📷Instagram |🌐LinkedIn |🌐iica.uz