MARKAZIY OSIYO XALQARO INSTITUTI

@iica_uz · Uzbek · active

Subscribers 952 Subscribers, last 30 days: 953 → 952 −2 24h · −1 7d
Reach per post (ERR) 21.1%201 avg views
Posting 2.4/day last 21 hours ago
Reactions per 1K views 15.2 👍 🔥 ❤

🇺🇿🇹🇯 Tojikiston Respublikasi Majlisi Oli Majlisi milli Raisi Rustami Emomali O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi 2026-yil 4-noyabr kuni Tojikiston Respublikasi Majlisi Oli Majlisi milli Raisi, Dushanbe shahri Raisi Rustami Emomali rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Tashrifning birinchi kuni dasturidan “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘yish, “Yangi Toshkent” bosh rejasi bilan tanishish hamda Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurish o‘rin oldi. Mehmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev qabul qildi. Tomonlar strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilib, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni ilgari surishda parlamentlarning o‘rniga alohida e’tibor qaratdilar. Uchrashuv yakunida Rustami Emomali ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, parlamentlararo muloqotni kengaytirishdagi katta xizmatlari uchun “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Oliy Majlis Senatida Senat Raisi Tanzila Narbayeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida ikki palata o‘rtasida 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi. Tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo va hududlararo aloqalarga yangi sur’at bag‘ishlashi kutilmoqda. 📝📝📝 🇺🇿🇹🇯 Председатель Маджлиси милли Таджикистана Рустами Эмомали находится с официальным визитом в Узбекистане 4 ноября 2026 г. Председатель Маджлиси милли Маджлиси Оли Республики Таджикистан, мэр Душанбе Рустами Эмомали прибыл в Узбекистан с официальным визитом. Программа первого дня включала возложение венка к Монументу Независимости в парке «Янги Узбекистан», знакомство с генеральным планом «Нового Ташкента» и посещение Центра исламской цивилизации. Гостя принял Президент Шавкат Мирзиёев. В ходе встречи Рустами Эмомали был удостоен ордена «За самоотверженную службу» («Fidokorona xizmatlari uchun») за значительный вклад в укрепление дружбы, добрососедства, стратегического партнёрства и союзнических отношений между Таджикистаном и Узбекистаном. Состоялась также встреча с Председателем Сената Олий Мажлиса Танзилой Нарбаевой, в центре внимания которой было развитие межпарламентского сотрудничества. Визит призван придать новый импульс как парламентскому, так и межрегиональному взаимодействию двух стран. 💬Telegram | 💬Facebook | 💬X | 📷Instagram |🌐LinkedIn |🌐iica.uz

Views over time

01002003004 Nov 17:1114 Nov 03:062814 Nov 17:11: 0 views14 Nov 03:06: 281 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
4 Nov 2026, 17:110
14 Nov 2026, 03:06281

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.