MARKAZIY OSIYO XALQARO INSTITUTI

@iica_uz · Uzbek · active

Subscribers 952 Subscribers, last 30 days: 953 → 952 −2 24h · −1 7d
Reach per post (ERR) 21.1%201 avg views
Posting 2.4/day last 21 hours ago
Reactions per 1K views 15.2 👍 🔥 ❤

🇺🇿 Javlon Vaxabov mintaqaviy hamkorlikning yangi o‘n yilligi haqida “Markaziy Osiyo va Ozarbayjon: ishonch va hamkorlikka asoslangan yangi siyosiy muhit” mavzusidagi ekspert-diplomatik muloqotni ochar ekan, MOXI direktori Javlon Vaxabov Cho‘lponota va Avazadagi uchrashuvlarning ahamiyati erishilgan kelishuvlar bilan cheklanmasligini ta’kidladi. Uning baholashicha, ushbu uchrashuvlar Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2016-yilda boshlangan O‘zbekistonning yangi tashqi siyosiy yo‘nalishiga o‘n yil to‘lishi arafasida o‘tkazilib, mintaqaning bosib o‘tgan yo‘lini sarhisob qilish imkonini bermoqda. Yaqin vaqtgacha Markaziy Osiyodagi siyosiy sa’y-harakatlarning katta qismi to‘planib qolgan ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lsa, bugun mintaqada mutlaqo yangi yaxshi qo‘shnichilik muhiti shakllandi. Davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari ushbu o‘zgarishlarning muhim mexanizmiga aylandi. Ozarbayjonning to‘laqonli ishtiroki esa hamkorlikka yangi mintaqalararo ko‘lam bag‘ishlab, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazni yanada yaqinlashtirdi. J. Vaxabov navbatdagi qadam sifatida o‘zaro savdo hajmini oshirish bilangina cheklanmay, jahon bozorlarida talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqarishga o‘tish zarurligini qayd etdi. U bu boradagi muvaffaqiyat qabul qilingan hujjatlar soni bilan emas, balki amalga oshirilgan loyihalar, tashkil etilgan yangi ishlab chiqarish quvvatlari va ish o‘rinlari hamda aholi farovonligining oshishi bilan belgilanishini ta’kidladi. “Agar yangi mintaqaviy siyosatning dastlabki o‘n yilligi siyosiy ishonch davri bo‘lgan bo‘lsa, keyingi o‘n yillik iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik davriga aylanishi kerak”, — deya xulosa qildi u. 📝📝📝 🇺🇿 Жавлон Вахабов о новом десятилетии регионального сотрудничества Открывая экспертно-дипломатический диалог «Центральная Азия и Азербайджан: новая политическая среда, основанная на доверии и сотрудничестве», директор МИЦА Жавлон Вахабов отметил, что значение встреч в Чолпон-Ате и Авазе выходит далеко за рамки достигнутых договорённостей. По его оценке, они пришлись на канун десятилетия нового внешнеполитического курса Узбекистана, начатого Президентом Шавкатом Мирзиёевым в 2016 г., и дают возможность осмыслить путь, пройденный регионом. По его словам, ещё недавно значительная часть политической энергии Центральной Азии уходила на преодоление накопленных противоречий, а сегодня в регионе сложилась принципиально новая атмосфера добрососедства. Важнейшим механизмом этих перемен стали Консультативные встречи глав государств, а полноправное участие Азербайджана придало сотрудничеству новое межрегиональное измерение, сблизив Центральную Азию и Южный Кавказ. Следующим шагом Ж.Вахабов назвал переход от простого наращивания взаимной торговли к совместному производству продукции, востребованной на мировых рынках. Успех этой работы, подчеркнул он, будет определяться не количеством принятых документов, а числом реализованных проектов, новых производств и рабочих мест, а также ростом благосостояния граждан. «Если первые десять лет нового регионального курса стали временем политического доверия, то следующее десятилетие должно пройти под знаком экономической взаимосвязанности», — заключил он. 💬Telegram | 💬Facebook | 💬X | 📷Instagram |🌐LinkedIn |🌐iica.uz

Views over time

010020030 Oct 17:4114 Nov 03:0621530 Oct 17:41: 0 views14 Nov 03:06: 215 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
30 Oct 2026, 17:410
14 Nov 2026, 03:06215

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.