🇺🇿🇰🇿🇰🇬🇹🇯🇹🇲🇬🇪 Batumida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Gruziya tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi 23-oktabr kuni Batumida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Gruziya tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar siyosiy-diplomatik muloqotni chuqurlashtirish, transport-logistika yo‘laklarini diversifikatsiya qilish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, shuningdek, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdilar. Qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va kimyo sanoati, energetika hamda elektrotexnika sohalaridagi qo‘shma loyihalar, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz ishbilarmon doiralari va hududlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, sayyohlik yo‘nalishlarini rivojlantirish va Buyuk ipak yo‘li merosi salohiyatidan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida vazirlar mintaqalararo sheriklikni rivojlantirish va o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar. 🔗 Batafsil: https://t.me/uzbekmfa/19146 📝📝📝 🇺🇿🇰🇿🇰🇬🇹🇯🇹🇲🇬🇪 В Батуми прошла встреча министров иностранных дел стран Центральной Азии и Грузии 23 октября в Батуми состоялась встреча министров иностранных дел стран Центральной Азии и Грузии. Особое внимание стороны уделили углублению политико-дипломатического диалога, диверсификации транспортно-логистических коридоров, расширению торгово-экономических и инвестиционных связей, а также развитию промышленной кооперации. Обсуждены совместные проекты в сельском хозяйстве, текстильной и химической промышленности, энергетике и электротехнике, укрепление прямых связей между деловыми кругами и регионами Центральной Азии и Южного Кавказа. Отдельно отмечены развитие туристических маршрутов и использование потенциала наследия Великого шёлкового пути. По итогам встречи министры подтвердили готовность продолжить совместную работу по развитию межрегионального партнёрства и укреплению взаимосвязанности. 🔗 Подробнее: https://t.me/uzbekmfa/19146 💬Telegram | 💬Facebook | 💬X | 📷Instagram |🌐LinkedIn |🌐iica.uz