


+3
📸Jamoamizning stadionga yetib kelishidan suratlar 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc
Professional Football Club Gazalkent, Uzbekistan 🇺🇿



+3
📸Jamoamizning stadionga yetib kelishidan suratlar 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc



+1
📸Jamoamizning stadionga yetib kelishidan suratlar 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc



+6
📸Jamoamizning stadionga yetib kelishidan suratlar 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc
🔥Jamoamiz "Qo'qon-1912" bilan oʻyin uchun "Jar" stadionga yetib keldi - - - - - 💪Наша команда прибыла на стадион 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc



+3
📸Jamoamiz kiyim almashtirish xonasidan suratlar 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc
🤩"Qo'qon-1912" bilan o'yin oldidan jamoamiz kiyim almashtirish xonasi - - - - - 🤩Раздевалка нашей команды перед матчем с "Куканд-1912" 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc
Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Bugun soat 19:00 da “Gʻazalkent” jamoasi O'zbekiston Kubogi doirasida "Qo'qon-1912" jamoasini qabul qiladi. Ayni paytda "Jar" stadioni holati🤩 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc
🔥O'YIN KUNI! Bugun, 16-sentyabr kuni "G'azalkent" jamoamiz O'zbekiston kubogi doirasida o'yin o'tkazadi. Jamoamiz 1/8 finalda "Qo'qon-1912" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv poytahtimizdagi "Jar" stadionida o'tkaziladi. O'yin 19:00da start oladi. Bugungi o'yin oldidan muxlislar uchun mashxur DJ chiqishi, shuningdek o'zgacha atmosfera tashkil etiladi. Jamoamiz muxlislarini stadionga chorlaymiz. Sizning qo'llab-quvvatlashingiz biz uchun muhim! O'zbekiston kubogi, 1/8 final Toshkent, "Jar" stadioni 🟠"G'azalkent" - "Qo'qon-1912"🔵 Bosh hakam: Xushnud Suyunboyev Yordamchi hakamlar: Shohrux Maqsudov, Adhamjon Rixsiboyev Zaxira hakami: Nurbek Sheraliyev VAR hakami: G'ayrat Jo'rayev AVAR: Maksim Nexochin Nazoratchi: Timur Galeev Komissar: Davron Ibrohimov - - - - - - 🔥 ДЕНЬ МАТЧА! Сегодня, 16 сентября, команда «Газалкент» проведёт матч в рамках Кубка Узбекистана. В 1/8 финала наши футболисты встретятся с командой «Коканд-1912». Матч состоится на стадионе «Жар» в Ташкенте. Начало встречи — в 19:00. Перед сегодняшней игрой для болельщиков будет организовано выступление известного DJ, а также создана особая праздничная атмосфера. Приглашаем всех наших болельщиков на стадион. Ваша поддержка очень важна для нас! Кубок Узбекистана, 1/8 финала Ташкент, стадион «Жар» 🟠 «Газалкент» — «Коканд-1912» 🔵 Главный судья: Хушнуд Суюнбоев Ассистенты судьи: Шохрух Максудов, Адхамжон Риксибоев Резервный судья: Нурбек Шералиев VAR: Гайрат Джураев AVAR: Максим Нехочин Инспектор матча: Тимур Галеев Комиссар матча: Даврон Иброхимов 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc
❗️O'zbekiston kubogidagi o'yinimizga 2 kun qoldi! 16-sentyabr kuni "G'azalkent" jamoamiz O'zbekiston kubogi doirasidagi muhim o'yinni o'tkazadi. Yigitlarimiz 1/8 final doirasida "Qo'qon-1912" jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Uchrashuv 16-sentyabr kuni poytahtimizdagi "Jar" stadionida o'tkaziladi. O'yin 19:00da start oladi. Jamoamiz muxlislarini stadionga chorlaymiz. Sizning qo'llab-quvvatlashingiz biz uchun muhim! O'zbekiston kubogi, 1/8 final Toshkent, "Jar" stadioni 🟠"G'azalkent" - "Qo'qon-1912"🔵 Bosh hakam: Xushnud Suyunboyev Yordamchi hakamlar: Shohrux Maqsudov, Adhamjon Rixsiboyev Zaxira hakami: Nurbek Sheraliyev VAR hakami: G'ayrat Jo'rayev AVAR: Maksim Nexochin Nazoratchi: Timur Galeev Komissar: Davron Ibrohimov - - - - - ❗️ До нашего матча в Кубке Узбекистана осталось 2 дня! 16 сентября команда «Газалкент» проведёт важный матч в рамках Кубка Узбекистана. В 1/8 финала наши футболисты встретятся с командой «Коканд-1912». Матч состоится 16 сентября на стадионе «Жар» в Ташкенте. Начало встречи — в 19:00. Приглашаем всех болельщиков нашей команды на стадион. Ваша поддержка очень важна для нас! Кубок Узбекистана, 1/8 финала Ташкент, стадион «Жар» 🟠«Газалкент» — «Коканд-1912» 🔵 Главный судья: Хушнуд Суюнбоев Ассистенты судьи: Шохрух Максудов, Адхамжон Рихсибоев Резервный судья: Нурбек Шералиев VAR: Гайрат Джураев AVAR: Максим Нехочин Инспектор матча: Тимур Галеев Комиссар матча: Даврон Иброхимов 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc
🔥Navbatdagi raqib - "Qo'qon-1912" "G'azalkent" jamoamiz navbatdagi uchrashuvni O'zbekiston kubogining 1/8 finali doirasida "Qo'qon-1912" jamoasiga qarshi o'tkazadi. O'zbekiston kubogi nimchorak finali doirasida vakillarimiz Superliga vakili "Qo'qon-1912" jamoasini qabul qilishadi. Uchrashuv 16-sentyabr kuni poytahtimizdagi "Jar" stadionida o'tkaziladi. O'yin boshlanish vaqti 19:00ga belgilangan. - - - - - - 🔥Следующий соперник — «Коканд-1912» Команда «Газалкент» проведёт свой следующий матч в рамках 1/8 финала Кубка Узбекистана против клуба «Коканд-1912». В матче стадии 1/8 финала Кубка Узбекистана наши футболисты примут представителя Суперлиги — команду «Коканд-1912». Встреча состоится 16 сентября на стадионе «Жар» в Ташкенте. Начало матча запланировано на 19:00. 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc



+6
📸"G'azalkent" - "Yaypan" (0:0) uchrashuvidan yorqin suratlar BARCHA SURATLAR - YANDEX DISK'DA - - - - - 📸Фотографии с матча «Газалкент» - «Яйпан» (0:0) ВСЕ ФОТО — НА ЯНДЕКС ДИСКЕ 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc
"Ochko yo‘qotdik deb hisoblayman" — Zayniddin Tojiyev "Gʻazalkent" — "Yaypan" (0:0) uchrashuvidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Zayniddin Tojiyev matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. — Zayniddin aka, eng avvalo uchrashuv haqidagi fikrlaringiz... — Bugun kurashlarga boy uchrashuv bo‘ldi. Birinchi bo‘limda yakkakurashlarda bolalarimiz ko‘p yutqazib qo‘yishdi. Birinchi bo‘limdan keyin ular bilan ozgina jiddiyroq gaplashib oldik. Endi qizil kartochkaga keladigan bo‘lsak, o‘yin boshidan 2-3 marta Olimovni yiqitishdi, bir marta ogohlantirish berib, ikkinchisida qizilni qayerdan topdi, nima bo‘ldi u yerda... U vaziyat o‘yinni buzib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limga keladigan bo‘lsak, kamchilik bo‘lib o‘ynagan bo‘lsak ham, juda ko‘p golli vaziyatlar yaratdik. Misol uchun, 11 kishi bo‘lib ham raqib bunday vaziyatlar yarata olmadi. Lekin 10 kishi bo‘lib ham bolalar o‘zida kuch topib vaziyatlar yaratishdi. Endi omad degan narsa ham kerak, omad kelmadi. Shuning uchun biz bugun ochko yo‘qotdik deb hisoblayman. — Ikkinchi bo‘limda maydonga tushirilgan va o‘yinni kuchaytirishi kutilgan Sadirjonov maydondan olinib, o‘rniga Nabatov tushirildi. Bu qaror haqida nima deya olasiz? — Hozir baribir bolalar yosh. O‘yinga kirishib ketishi qiyin bo‘ldi bugun. 10 kishi bo‘lib qoldik, himoyada ham o‘ynash kerak, konsentratsiya jiddiyroq bo‘lishi kerak, ikki baravar o‘zi va o‘rtog‘i uchun ishlashi kerak. Bugun o‘yinga tushib keta olmadi, o‘shaning hisobiga zaxiraga olindi va Nabatov tushirildi. Nimaga? Chunki baribir bizga tezkorlik kerak edi. Kamchilik bo‘lib o‘ynayotganda qarshi hujumda o‘ynash kerak edi, o‘shaning hisobiga shunday qarorga keldim. — Jamoa to‘purari Abdurahmon Abdullayev dastlabki 15 daqiqada hujum ortida, o‘ng qanotda o‘ynadi. Keyinchalik o‘yin borishiga qarab markaz va chap qanotga o‘tdi. Umuman olganda Abdullayevga erkinlik berildimi? — Yo‘q, endi hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan holda 4-4-1 ga o‘tib oldik. Kamchilik bo‘ldik, shuning uchun Abdullayev yarim himoyaga tushdi. Chunki himoyada bizda tizim bor, tizim buzilmasligi kerak. O‘sha tizim buzilmasin deb uni yarim himoyaga tushirdik. — Hozir "Gʻazalkent" tarkibida bir qancha yo‘qotishlar bor: Ro‘ziboyev, Feruzbek Olimov, Diyorbek Tojiyev. Bu yo‘qotishlar jamoaning Kubok o‘yiniga qanchalik ta’sir qiladi? — Tayyorlanamiz. Yana bir bor takrorlayman — rahbariyat oldimga vazifa qo‘ygan: futbolchini yetishtirib chiqarish. Ularning o‘rnini bosadigan bolalar bor, ularga o‘yin amaliyoti beramiz. Bu tabiiy hol, kimdir ketadi, kimdir o‘rnini bosadi. Bu bizning ishimizning samarasi hisoblanadi. — Bilamizki, futbolchingiz Olimovga nisbatan o‘yinlarda ko‘proq qo‘pol holatlar kuzatiladi. Bu uning jismoniy holati bilan bog‘liqmi yoki psixologik? — Psixologik. Bu o‘zi psixologiyaga bog‘liq. Chunki hozir atrofga qarasangiz, o‘yinni tahlil qilsangiz, sal narsaga asabiylashib ketaveradi. Futbolchilar bilan gaplashadi, hakam bilan gaplashadi, tortishadi. Misol uchun, bu narsa bo‘yicha ish olib boryapmiz, gapiryapmiz. Lekin u o‘zini ushlay olmasa, kelajakda o‘ziga zarar bo‘ladi. O‘yindan oldin ko‘rsatmada ham aytilgandi: "Hakam bilan gaplashmanglar, bu shunday hakam, bitta qarorga keldimi — o‘zgartirmaydi". Hamma narsa o‘yindan oldin aytilgan edi, lekin bo‘lar ish bo‘ldi". 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc
Proliga. 19-turda "Yaypan" bilan durang qayd etdik - 0:0! 🟠"G'azalkent" - "Yaypan"🔵 0:0 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc
UCHRASHUV YAKUNLANDI! DURANG! 🟠"G'azalkent" - "Yaypan"🔵 0:0 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc
90-Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi 🟠"G'azalkent" - "Yaypan"🔵 0:0 LIVE 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc
90-"Yaypan"da o'zgarish: Ibroximxonov o'rniga Maxamadaliyev maydonga tushdi 🟠"G'azalkent" - "Yaypan"🔵 0:0 LIVE 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc
86-Adam Prisyajnyukka o'yin qoidasini buzgani uchun sariq kartochka 🟠"G'azalkent" - "Yaypan"🔵 0:0 LIVE 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc
85-Nabatoooov! Bosh bilan berilgan zarba biroz noaniq... 🟠"G'azalkent" - "Yaypan"🔵 0:0 LIVE 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc
84-Jamoamizda o'zgarish: Suhrob Sadirjanov o'rniga Vladislav Nabatov maydonga tushdi 🟠"G'azalkent" - "Yaypan"🔵 0:0 LIVE 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc
83-Mehmonlar futbolchisi Abdirasulov hujumimizni qoidaga zid ravishda to'xtatib qolgani uchun sariq kartochka oldi 🟠"G'azalkent" - "Yaypan"🔵 0:0 LIVE 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc