Gazalkent FC

@gazalkent_fc · sports · Portuguese · active

Subscribers 3.4K Subscribers, last 30 days: 3.4K → 3.4K +0 24h
Reach per post (ERR) 28.9%990 avg views
Posting 7.4/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 7.2 ❤ 🔥 👍

Zayniddin Tojiyev: "Yoshlar shunday o‘yinlar orqali katta futbolga tayyorlanib boradi" Proliga 22-turidan o‘rin olgan "QMU Jayxun" – "Gʻazalkent" uchrashuvidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Zayniddin Tojiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi. - O‘yin haqida fikringiz… - Chiroyli o‘yin guvohi bo‘ldik. Uchrashuv yangi stadionda o‘tkazildi va bu ham muxlislarga ma’qul keldi. Bahsning ayniqsa ikkinchi bo‘limi qiziq tus oldi, har ikki tomonga hujumlar yog‘dirildi. Shu bois futbolchilarimiz juda ko‘p kuch yo‘qotishdi. Bundan avvalgi o‘yinlarda yakkarashuvlarni boy berib konsentratsiyani yo‘qotib qo‘yayotgandik, lekin bugun ancha o‘zimizga kelib olganimiz ko‘rindi. Afsuski, o‘tkazib yuborilgan golda yana to‘p nazoratini yo‘qotib qo‘ydik. Bu kabi xatolarni to‘g‘rilashga harakat qilamiz. Bugungi g‘alaba va o‘yin uchun yigitlardan minnatdorman, jamoamiz yosh, o‘yindan o‘yinga o‘sish bor. Xatolarimiz juda ko‘p, sekin-asta kamayib boradi deb o‘ylayman. Yoshlar shunday o‘yinlar orqali katta futbolga tayyorlanib boradi. Biz har bir bahsda yutuqni ko‘zlab maydonga tushamiz. Mag‘lubiyatga uchrasak bu katta muammo emas, ammo yoshlarni g‘alabalar orqali katta futbolga o‘rgatmoqchimiz. 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc

Views over time

05001K13 Oct 05:0614 Nov 03:491K13 Oct 05:06: 0 views14 Nov 03:49: 1,020 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
13 Oct 2026, 05:060
14 Nov 2026, 03:491K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.