Zayniddin Tojiyev: "O‘yinda asosan yosh futbolchilarga imkoniyat berdik" "TerDU" hamda "Gʻazalkent" o‘rtasidagi bahsdan so‘ng jamoamiz ustozi Zayniddin Tojiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi. “Tarkibda rotatsiyaga qo‘l urdik. Ko‘proq yosh futbolchilarga imkoniyat berdik. Raqib ikkinchi raqam bo‘lib o‘ynadi. Birinchi taymda yigitlarimizga tezlik yetishmagandek tuyildi. Tanaffusda futbolchilarga kerakli ko‘rsatmalar berdik. O‘yinni biroz tezlashtirdik. Xavfli vaziyatlar yaratdik va gollar urdik”. - Darvozabon Asilbek Atashov nega zaxirada qoldi? Shunday o'yinlarda unga imkoniyat berilishi kerak emasmidi? - U-19 musobaqasida uchrashuvimiz bor, Asilbek o‘sha yerda to‘liq o‘ynaydi. Buni reja asosida amalga oshirildi. Barchasi o'ylab chiqilgan. - Suhrob Sadirjonovni U-17 terma jamoasi mashg‘ulotlarda ko‘rgandik, bugun u “Gʻazalkent” safida maydonga tushdi… - Terma jamoani murabbiyi bilan kelishgan holda bu ishga qo‘l urdik. Endi u terma jamoa safiga borib qo‘shiladi. - FIFA kunlari boshlanyapti, bu kunlar uchun rejalar bormi? - 28 sentyabrda “Bunyodkor” bilan o‘rtoqlik o‘yinimiz bor. Agar kelisha olsak Qirg‘iziston jamoasi bilan bahs o‘tkazamiz. 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc