Centrum Air uchun Aleksandr Krou dunyo bo‘ylab katta sayohatining bir qismi va uning birinchi hamkoriga aylanish katta sharafdir. Aleksandr butun umrini nogironlar aravachasida o‘tkazgan: u progressiv nerv-mushak kasalligiga chalingan, faqat ikkita barmog‘igina harakatlanadi, tanasining qolgan qismi esa harakatsiz. Bu uning bekam hayot kechirishiga to‘sqinlik qilmaydi: 2010-yilda u MDHdagi ilk chipta agregatorlaridan birini ishga tushirgan, nogironlar aravachasida butun Osiyoni kezib chiqdi, kitob yozdi, farzandli bo‘ldi. Shu bilan birga, u ko‘pchilik uchun jasorat timsoli va ilhom manbai hamdir. Hozir Aleksandr ulkan bir loyihani rejalashtirgan — elektron nogironlar aravachasida bir yil davom etadigan dunyo bo‘ylab sayohat. U nafaqat sayyoramizni aylanib chiqadi, balki o‘z mehnati bilan barchasiga erishgan insonlar haqida yigirmadan ortiq film ham suratga oladi. Yana bir maqsadi — Ginnesning rekordlar kitobiga kirish. Aviakompaniyamiz ushbu ekspeditsiyaning bir qismi va uning ilk hamkori bo‘lishdan chin dildan faxrlanadi: biz allaqachon Pxuketdan Toshkentga parvozni tashkil qildik, jahon bo‘ylab sayohat ayni shu yerdan boshlanadi. Birinchi parvoz qulay o‘tdi, butun ekipaj Aleksandrga g‘amxo‘rlik qilib, uni qo‘llab-quvvatlab turdi💙 «Barchasi birgina qo‘ng‘iroq bilan hal bo‘ldi: kelishib oldik, virtual qo‘l siqishdik — va bu yigitlar allaqachon men bilan. O‘zbekistonning Centrum Air aviakompaniyasi. Vaholanki, yaqingacha dunyo bo‘ylab sayohatim shunchaki g‘oya edi, xolos. Endi unga hamkorlar qo‘shilmoqda va Centrum ularning birinchisi bo‘ldi. Centrum Air — rahmat! Bu yo‘l siz bilan boshlanadi!». Loyihaga boshqa befarq bo‘lmagan kompaniyalar ham qo‘shilayotganini mamnuniyat bilan qayd etamiz. DoubleTree by Hilton Tashkent 5* mehmonxonasi inklyuziv loyihani qo‘llab-quvvatlab, Aleksandrga maxsus xona taqdim etdi. Aleksandr, biz sizga ishonamiz! #️⃣ Для Centrum Air — большая честь стать частью большого кругосветного путешествия Александра Кроу и его первым партнёром. Александр всю жизнь провёл в кресле-коляске: у него прогрессирующее нервно-мышечное заболевание, подвижны только два пальца, остальное тело обездвижено. Это не мешает ему жить полноценной жизнью: в 2010 году он запустил один из первых билетных агрегаторов в СНГ, проехал на коляске всю Азию, написал книгу, стал отцом, а ещё является примером мужества и источником вдохновения для многих. Сейчас Александр задумал масштабный проект — год кругосветного путешествия в электрической инвалидной коляске. Он не просто объедет нашу планету, но и снимет более двадцати фильмов о людях, добившихся всего своим трудом. Ещё одна цель — установить рекорд Гиннесса. Наша авиакомпания искренне гордится тем, что станет частью этой экспедиции и её первым партнёром: мы уже организовали перелёт с Пхукета в Ташкент, откуда и стартует кругосветка. Первый перелёт прошёл с комфортом, весь экипаж оказывал поддержку и заботился об Александре💙 «Всё решилось за один звонок: договорились, виртуально пожали руки – и эти ребята уже со мной. Узбекская авиакомпания Centrum Air. А ведь ещё недавно моя кругосветка была только идеей. Теперь к ней присоединяются партнёры, и Centrum – первый из них. Centrum Air – спасибо! С вас начинается этот путь!». Мы с радостью отмечаем, что к проекту присоединяются и другие неравнодушные компании. Отель DoubleTree by Hilton Tashkent 5* поддержал инклюзивный проект и предоставил Александру специальный номер. Александр, мы в вас верим!
Авиакомпания Centrum Air
Subscribers
19.6K
+0 24h
Reach per post (ERR)
20.5%4K avg views
Posting
1.4/day
last 9 hours ago
Reactions per 1K views
4.7
❤ 🔥 🎉
Views over time
| When | Views |
|---|---|
| 14 Sep 2026, 09:04 | 0 |
| 12 Nov 2026, 15:44 | 3.5K |
Who shared this post
Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)
Nobody yet.